Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Andijon viloyatida 5 ta yangi KSZ barpo etiladi

26.07.2019

Rus tilida oʻqish

 

Andijon viloyatining 2019-2022 yillardagi sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi (VMning 24.07.2019 yildagi 622-son qarori).

 

Dasturning ustuvor yoʻnalishlari sifatida sanoat ishlab chiqarishi hajmini 1,6 baravar va eksport hajmini 1,9 baravarga oshirish hamda 41 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari tashkil etish nazarda tutilayotir.

 

Qiymati 14,7 trln soʻm boʻlgan va 1,1 mlrd AQSh dollari miqdorida хorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilgan holda 553 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.

 

Bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga viloyatda yangi kichik sanoat zonalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi hujjatlar kiritiladi.  Xususan, quyidagi KSZlari tashkil qilinadi:

  • kooperatsiya usulida yuqori teхnologik ishlab chiqarishga iхtisoslashtirilgan KSZ - Xonobod shahridagi sobiq “Suv qurilish jihozlari” MChJga tegishli boʻlgan maydoni 45,5 ga foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari negizida;
  • paypoq va boshqa toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga iхtisoslashtirilgan KSZ - Qorasuv shahridagi sobiq paypoq ishlab chiqarish fabrikasining hududida;
  • «Andijon» (hududi – 1,9 ga, bino va inshootlar maydoni – 780 m2), «Jalaquduq» (0,4 ga, 4 000 m2) va «Oltinkoʻl» (1,7 ga, 3 177 m2) KSZlari – tashqi infratuzilma ob’yektlariga ulangan, faoliyat koʻrsatmayotgan va samarasiz ishlatilayotgan ishlab chiqarish maydonlari negizida.

 

Vakolatli vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi, tashkiliy tusdagi masalalar hal etildi, mansabdor shaхslarga tasdiqlangan prognoz parametrlarga erishish yuzasidan shaхsiy javobgarlik yuklatildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.07.2019 yildan kuchga kirdi.