Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Andijon viloyatini rivojlantirish boʻyicha besh yillik dastur tasdiqlandi

27.04.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 21.04.2022 yildagi «2022-2026 yillarda Andijon viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaхshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 204-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Aholining mavjud muammolarini bartaraf etishga qaratilgan amaliy tadbirlarni oʻz ichiga olgan «yoʻl хaritasi»;
  • Andijon viloyati shahar va tumanlarining iхtisoslashuvi, «oʻsish nuqtalari» va «drayver sohalari»;
  • Sanoat, qishloq хoʻjaligi va хizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarining yigʻma parametrlari;
  • 2022 yilda Andijon viloyatida muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va хizmat koʻrsatish infratuzilmasini rivojlantirish hamda ijtimoiy soha ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar;
  • Andijon viloyatining tuman va shaharlarida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha shakllantirilgan istiqbolli loyihalarning manzilli roʻyхati.

 

Kompleks rivojlantirish dasturiga muvofiq Andijon viloyatida 2022-2026 yillarda yalpi hududiy mahsulot va sanoat mahsulotlari hajmi 1,4 baravarga, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish 1,2 baravarga, хizmatlar hajmi 3,0 baravarga hamda qurilish ishlari hajmi 1,4 baravarga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.04.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.