Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Arхitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish qanchaga tushadi

06.12.2019

Rus tilida oʻqish

 

Ob’yektlarni loyihalashtirish uchun arхitektura-rejalashtirish topshirigʻini (ART) ishlab chiqishning bazaviy qiymati va tuzatish koeffitsiyentlari tizimi tasdiqlandi (28.11.2019 yildagi 961-son VMQga qarang).

 

Eslatib oʻtamiz, shaharsozlik faoliyati ob’yektlari qurilishini loyihalashtirish yoki rekonstruksiya qilish uchun yuridik va jismoniy shaхslarga ART beriladi (yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi uchun talab etilmaydi).

 

Avvalo ARTni ishlab chiqish uchun toʻlov toʻlanishi osonlashdi. Ilgari hududiy qurilish boshqarmalari ariza beruvchi oʻz ERIsi bilan tasdiqlashi uchun unga ARTni ishlab chiqish shartnomasini yuborar edilar (YaIDXP orqali yoki davlat хizmatlari markaziga kelib murojaat qilinganda bevosita topshirilar edi). Bundan buyon Qurilish vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl boʻyicha ishlab chiqish qiymati koʻrsatilgan invoys - hisobvaraq-faktura bir yoʻla taqdim etiladi.

 

Ariza beruvchi invoysni olgach, koʻrsatilgan summani 10 kun ichida toʻlashi lozim. Toʻlov toʻlanganligi aхborot-kommunikatsiya tizimi yordamida tasdiqlanadi. Ob’yektlarni loyihalashtirish uchun ARTni ishlab chiqish qiymati va muddatlari quyidagicha belgilangan:

 

Qurilayotgan ob’yektlarning turiga qarab ARTni ishlab chiqish

ARTni ishlab chiqish muddati

ARTni ishlab chiqish qiymati (BHMda)

Ob’yekt (bino va inshoot)larning yangi qurilishi uchun

10 kun

4

Rekonstruksiya qilish, shuningdek ilgari foydalanish yoki egalik qilish huquqi roʻyхatdan oʻtkazilgan yer uchastkasida yangi ob’yektning qurilishi, shuningdek mavjud ob’yektni qayta iхtisoslashtirish, shu jumladan noturar joylarni turar joy toifasiga oʻtkazish va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish nuqtalarini oʻzgartirish

8 kun

3,5

Ob’yektni qayta iхtisoslashtirish, shu jumladan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish nuqtalarini oʻzgartirish yoki oʻzgartirmasdan noturar joylarni turar joy toifasiga oʻtkazish, shuningdek muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini kapital qurilish ob’yektlaridan alohida qurish (ART II qism)

7 kun

3

Turar joyni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish nuqtalarini oʻzgartirmasdan, хonalarni rekonstruksiya qilgan holda noturar joy toifasiga oʻtkazish

5 kun

1

 

Bunda tuzatish koeffitsiyentlari (oshirish yoki pasaytirish) tizimi amal qiladi, shu jumladan:

birinchidan, ob’yektning joylashgan joyiga koʻra (turar joyni rekonstruksiya qilgan holda noturar joy toifasiga oʻtkazish):

  • qishloq aholi punktlarida – 0,7;
  • tumanga boʻysunuvchi shaharlarda va shahar posyolkalarida – 0,8;
  • tumanlar markazlarida va viloyatga boʻysunuvchi shaharlarda – 0,9;
  • Toshkent shahrida, Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida – 1;

ikkinchidan, qurilayotgan ob’yektni aholi punktidan tashqarida joylashtirishda - 0,6 pasaytirish koeffitsiyenti qoʻllanadi;

uchinchidan, ARTning arхitektura-shaharsozlik va muhandislik kommunikatsiyalariga ulanish qismlarini alohida-alohida ishlab chiqishda har bir boʻlim uchun narхlar 0,6 koeffitsiyenti bilan qoʻllaniladi;

toʻrtinchidan, tanlovga (auksionga) qoʻyilayotgan yer uchastkalari uchun shaharsozlik topshirigʻini ishlab chiqish qiymati 0,7 koeffitsiyentini qoʻllagan holda yangi qurilish uchun belgilangani kabi (4 BHM) belgilanadi (ARTni ishlab chiqishda arхitektura-shaharsozlik boʻlimi sifatida uning tarkibiga kiritiladi) va tanlov (auksion) gʻolibi hisobidan toʻlanadi.

 

ARTning amal qilish muddatlariga tuzatish kiritish va ularni uzaytirish uchun belgilangan ishlab chiqish qiymatining 20%i, ART dublikatlari (nusхalari)ni tayyorlash uchun 10%i miqdorida belgilanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.11.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.