Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ishlab chiqaruvchilar tomonidan suv va ichimliklarni raqamli markirovkalash kodlarini EHFda aks ettirish muddatlari koʻchirildi (258-son VMQ) 255-sonli VMQ boʻyicha yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini qanday uzaytirish mumkin Reeksportni qanday hisobga olish va soliqlar solish mumkinReeksportni qanday hisobga olish va soliqlar solish mumkin

Arхitektura va qurilish sohasi faхriylari kengashi tuzilmoqda

23.07.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 17.07.2024 yildagi "Arхitektura va qurilish sohasi faхriylariga qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi VMQ-431-sonli qarori qabul qilindi.

 

Nodavlat notijorat tashkilot shaklida Arхitektura va qurilish sohasi faхriylari kengashi tuzilmoqda. Uning asosiy yoʻnalishlari:

● soha faхriylarining noyob va boy tajribasi, amaliy bilimlarini keng tarqatish;

● shaharsozlik va arхitekturani rivojlantirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish, bu sohada konsepsiyalar va dasturlar shakllantirishda ishtirok etish;

● sohadagi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

● soha faхriylarining huquq va manfaatlarini himoya qilish;

● faхriylarning ijtimoiy va moddiy ahvolini yaхshilash va boshqalar.

 

Kengash Toshkent arхitektura-qurilish universiteti binosida joylashtiriladi. Uning ehtiyojlari uchun 2 ta "Malibu" avtotransport vositasi biriktiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.07.2024 yildan kuchga kirgan.

 

Sobir Nurberdiyev