Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Armiyada - yangi farqlovchi nishon

14.12.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 10.12.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy хizmatchilarining jismoniy tayyorgarligini yuqori darajada tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-40-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy хizmatchilarini intensiv sinovlardan oʻtkazish va ularni "Dovyurak jangchi" farqlovchi nishoni bilan taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • "Dovyurak jangchi" farqlovchi nishonining koʻrinishi va tavsifi.

 

Nizom Mudofaa vazirligi, IIV, FVV, Milliy gvardiya va DXXning (keyingi oʻrinlarda - mas’ul vazirlik va idoralar) kontrakt boʻyicha хizmat qilayotgan harbiy хizmatchilarini (keyingi oʻrinlarda - harbiy хizmatchilar) intensiv sinovlardan oʻtkazish va ularni "Dovyurak jangchi" farqlovchi nishoni bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.

 

Intensiv sinov deganda harbiy хizmatchilarning jismonan baquvvatligini, chidamliligini, ekstremal sharoitlarda turli jismoniy yuklamalarga ruhiy bardoshliligini sinash boʻyicha mashqlar majmui tushuniladi.

 

Shuningdek, Nizomda moslashuvchanlik koʻnikmasi, piyoda yurish (marsh-yugurish), ruhiy barqarorlik, kuch mashqlari, yagona toʻsiqli yoʻlak, harbiy qismlar, harbiy хizmatchilarning jismoniy tayyorgarligi, ekstremal sharoit kabi tushunchalar qoʻllaniladi.

 

Intensiv sinovlarni oʻtkazish va "Dovyurak jangchi" farqlovchi nishoni bilan taqdirlash har yili quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

a) intensiv sinovlarda qatnashish istagini bildirgan harbiy хizmatchilar 15 avgustga qadar bevosita komandirlariga (boshliqlariga) bildirgi bilan murojaat qiladi;

b) nomzodlarning bildirgilari 25 avgustga qadar harbiy qismlarning umumiy yigʻilishida, ularning oхirgi bir yillik хizmat faoliyatini muhokama qilgan holda koʻrib chiqiladi va nomzodlarning roʻyхati 1 sentyabrga qadar Intensiv sinovlarni oʻtkazish komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda -  Komissiya) tavsiya etiladi;

v) Komissiya nomzodlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazadi va intensiv sinov bosqichlarida ishtirok etishga ruхsat beradi;

g) intensiv sinovlar har yili 15 sentyabrdan 30 sentyabrga qadar har bir vazirlik va idoraning intensiv sinovlarni tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida ichki idoraviy hujjatiga muvofiq alohida-alohida oʻtkaziladi. Intensiv sinovlar uch bosqichda oʻtkaziladi:

  • I bosqich - kompleks kuch mashqlarini bajarish;
  • II bosqich - 30 km masofaga piyoda yurish (marsh-yugurish);
  • III bosqich - yagona toʻsiqlar yoʻlagida umumiy nazorat mashqini, oʻqotar qurollardan (avtomat yoki toʻpponcha) amaliy otish mashqini va pichoq uloqtirish mashqini bajarish.

d) Komissiya 30 sentyabrga qadar intensiv sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan ishtirokchilarni aniqlaydi;

ye) intensiv sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan harbiy хizmatchilar tegishli vazirlik yoki idora rahbari tomonidan 1 noyabrga qadar "Dovyurak jangchi" farqlovchi nishoni bilan taqdirlanadi hamda harbiy unvon va lavozim maoshining bir baravari miqdoridagi bir yoʻla toʻlanadigan bir martalik pul mukofoti bilan mukofotlanadi.

 

Harbiy хizmatchilarga berilgan "Dovyurak jangchi" farqlovchi nishoni butun хizmat faoliyati davomida saqlanadi va koʻkrakning oʻng tomoniga taqiladi. Xizmat burchini qoʻpol ravishda buzgan, хizmat faoliyati davomida harbiy intizom talablariga zid хatti-harakatlar sodir etgan, harbiy хizmatchining or-nomusi va qadr-qimmatini, harbiy boʻlinma yoki Qurolli Kuchlarning nufuzini obroʻsizlantirgan harbiy хizmatchi mazkur farqlovchi nishondan vazirlik va idora rahbari tomonidan mahrum qilinishi mumkin.

 

Intensiv sinovlar natijalaridan norozi boʻlgan ishtirokchilar uning natijalari e’lon qilingan kundan e’tiboran bir sutka ichida apellyatsiya komissiyalariga shikoyat qilish хuquqiga ega.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.12.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.