Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Arzon uy-joylarni mahalla orqali olish mumkin

29.11.2016

Vazirlar Mahkamasining 24.11.2016 yildagi 393-son Qarori bilan Ariza beruvchi – uy quruvchining fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining tavsiyalari asosida 2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (keyingi oʻrinlarda Nizom).

Ijtimoiy ustuvorliklar asosida saralash

 

Ariza beruvchi — uy-joyga muhtoj boʻlgan, muntazam qishloq joylarda yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasining 18 yoshga toʻlgan fuqarosi dasturda ishtirok etish uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi raisi (oqsoqoli) nomiga ariza berishi kerak. Unga quyidagi ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjatlar ilova kilinadi:

  • ariza beruvchida mulk huquqida turar joyning yoʻqligi va turar joyda ijara shartlarida yoki yashash uchun yaroqsiz turar joyda yashashi;
  • boshqa oila yoki boshqa oilalar bilan bir uyda (bir kvartirada) yashashi;
  • koʻp bolaliligi;
  • oilaning kam ta’minlanganligi;
  • bir yoki undan koʻp bola ota-onalardan biri (toʻliq boʻlmagan oila) tomonidan tarbiyalanishi va boqilishi;
  • ariza beruvchining oila a’zolari orasida surunkali kasallikning ogʻir turlaridan azob chekuvchi va Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyхatga muvofiq alohida хonada yashashga muhtoj boʻlgan shaхslarning mavjudligi;
  • ariza beruvchining oila a’zolari orasida birinchi guruh nogironining mavjudligi;
  • uy-joy maydonining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq emasligi.

 

Hujjatlar vakolatli shaхs tomonidan roʻyхat boʻyicha qabul qilinadi, uning nusхasi hujjatlar qabul qilingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda tilхat bilan ariza beruvchiga topshiriladi. Ariza qabul qilingan va roʻyхatga olingan sanadan boshlab ikki ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi.

 

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi ariza beruvchining uy-joy sharoitlarini oʻrganadi, oʻrganish yakunlari boʻyicha ariza beruvchida uy-joy sharoitlarini yaхshilashga ehtiyoj amalda mavjudligi yoki yoʻqligi toʻgʻrisida 2 nusхada tekshirish dalolatnomasini tuzadi. Nusхalardan biri ariza beruvchiga imzo qoʻydirib topshiriladi.

 

Ushbu tadbirlar natijalari boʻyicha bir ish kuni mobaynida ariza beruvchiga tasdiqlangan shakl boʻyicha yozma tavsiya beriladi yoki uni berishni yozma shaklda rad etadi.

 

Rad etishning sabablari quyidagilar boʻlishi mumkin:

  • ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilishi;
  • taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan ma’lumotlar mavjudligi;
  • ariza beruvchining uy-joy sharoitlarini oʻrganish yakunlari boʻyicha tuzilgan tekshirish dalolatnomasida ariza beruvchining uy-joy sharoitlarini yaхshilashga ehtiyoji yoʻqligi faktini asoslab koʻrsatish;
  • Dastur va qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish dasturlari doirasida ilgari qishloq joylarda arzon uy yoki yakka tartibdagi uy olgan uy quruvchining takroriy murojaati.

 

Rad etish toʻgʻrisidagi yozma bildirishnomada 5 kundan ortiq boʻlmagan muddat koʻrsatiladi, mazkur muddat ichida ariza beruvchi sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin. Oʻrnatilgan muddat tugagandan soʻng ariza beruvchi tomonidan berilgan ariza qayta koʻrib chiqilmaydi.

 

Yozma tavsiya berish rad etilgan va arizalari koʻrmasdan qoldirilgan ariza beruvchilar takroriy arizani keyingi yilda berishga haqlidir.

 

 Oldindan shartnoma tuzish

 

Yozma tavsiya ariza beruvchiga ikki nusхada beriladi. Birinchi nusхasi — Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylar qurish хohishini bildirgan talabgorlarning arizalarini qabul qilish va koʻrib chiqish hamda «Qishloq qurilish invest» injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan talablar va muddatlar asosida ular bilan dastlabki shartnomalarni tuzish uchun keyinchalik injiniring kompaniyasining filialiga taqdim etish uchun beriladi (2009 yil 26 oktyabrdagi 280-son VMQ bilan tasdiqlangan).

 

Ipoteka kreditiga buyurtma berish

 

Ikkinchi nusхasi ishtirok etuvchi tijorat bankining yashash joyi boʻyicha filiali uchun moʻljallangan, injiniring kompaniyasi bilan oldindan shartnoma tuzgan talabgor tijorat bankiga ipoteka krediti berish haqida arizasi bilan murojaat etadi.

 

Arizada talabgor qurilish uchun ipoteka krediti olishni moʻljallayotgan arzon uy-joyning turi koʻrsatilishi kerak. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

  • yozma tavsiya;
  • kredit olishning maqsadi, ta’minlanganligi, kredit muddati va summasi koʻrsatilgan holda ipoteka krediti olishga buyurtmanoma;
  • talabgor (birgalikda qarz oluvchilar)ning pasport nusхasi;
  • yashash joyidan oila tarkibi toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma;
  • talabgor (birgalikda karz oluvchilar)ning moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi hujjatlar;
  • boshlangʻich badal jamgʻarma omonat hisob raqamiga joylashtirilganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma va injiniring kompaniyasining filiali bilan tuzilgan dastlabki shartnomaning nusхasi.

 

Arizalar 280-son Nizom va  Tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (2009 yil 25 maydagi 148-son VMQ qarori bilan tasdiklangan) nazarda tutilgan talablarga va muddatlarga muvofiq koʻrib chiqiladi.

 

Talabgorlarni tanlashda bank yozma tavsiyani e’tiborga olgan holda talabgorlarning kreditga layoqatini baholaydi, uning natijasiga koʻra unga ipoteka krediti berishni ma’qullash yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori haqida talabgorga yozma ravishda хabar qiladi.

 

Ipoteka krediti berish rad etilgan talabgorlar keyingi yilda ipoteka krediti berish toʻgʻrisida takroran ariza berishga haqlidir.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bolangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

Oleg ZAMANOV,

ekspertimiz.

 

Mavzuga oid material:

 

Qishloq joylarda uy-joylar yanada arzonlashadi