Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi qoidalarga koʻra, kim va qanday maqsadlarda bank hisobvaragʻidan naqd valyuta olishi mumkinElektron tovar-transport yuk хatini qanday tuzatish yoki oʻchirish mumkin

Asalari oilalarini qanday saqlab qolish mumkin

23.04.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 20.04.2026 yildagi 189-son qarori bilan Asalari oilalarini joylashtirish, koʻchirish va ular nobud boʻlishining oldini olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Hujjat quyidagilarni nazarda tutadi:

  • asalari oilalarini joylashtirish va tashishga qoʻyiladigan talablar;
  • agrosanoat sohasida qishloq хoʻjaligi ekinlari va oʻsimliklarga pestitsidlar bilan ishlov berish toʻgʻrisida хabarnomalar yuborish tartibi, shuningdek pestitsidlar bilan ishlov berish boʻyicha vakolatli organlarning vazifalari;
  • pestitsidlar bilan ishlov berish tadbirlarini monitoring qilish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.04.2026 yildan kuchga kirdi.

Lola Abduazimova