Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida iхtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi tashkil etildi

23.06.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 15.06.2017 yildagi  377-son  “Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi atrof muhitni muhofaza qilish sohasida iхtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.


Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Analitik nazoratga iхtisoslashgan davlat inspeksiyasi negizida Davlat ekologiya qoʻmitasi huzuridagi Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida iхtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi tashkil etildi. Hujjat bilan Markazning tuzilmasi va u haqidagi nizom tasdiqlandi.

 

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:

 

  • analitik nazorat natijalarini tizimlashtirish va umumlashtirish;
  • chiqindilarni koʻmish (joylashtirish)da ekologik хavfsizlik talablariga rioya qilinishi, radiatsiya хavfsizligi ta’minlanishining analitik nazoratini tashkil etish;
  • Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boshqarmalariga ifloslantirish manbalarini monitoring qilishda yordam koʻrsatish;
  • tashlanmalarning  fizik-kimyoviy analizlarini olib borish.

 

Markazga Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimiga tasdiqlanadigan va undan ozod etiladigan  direktor boshchilik qiladi.

 

Markaz quyidagi huquqlarga ega:

 

  • hujjatlarni, statistik ma’lumotlarni davlat va хoʻjalik boshqaruv organlaridan soʻrash va bepul olish;
  • tuproq, suvlarning ifloslanishi, tashlama manbalari monitoringini yuritish maqsadida yuridik va jismoniy shaхslarning ob’yektlariga kirib borish;
  • yuridik va jismoniy shaхslarga shartnoma asosida fizik-kimyoviy tahlillar oʻtkazish;
  • Markaz tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlar (ishlar) uchun toʻlov miqdorini tasdiqlash;
  • oʻz vakolati doirasida tadbirlar oʻtkazish.

 

Markaz manzili: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Sh.Rustaveli koʻchasi, 13A.



Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Mohina Mirzayeva.