Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Attestat va diplomga apostil qoʻyilishi qimmatroq boʻladi

09.10.2019

Rus tilida oʻqish

 

Ta’lim va fan sohasi tashkilotlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun oshirilgan yigʻim joriy etildi (30.09.2019 yildagi 821-son VMQga qarang).

 

Ma’lumot uchun: apostil – hujjatni imzolagan sifatida ish koʻrgan shaхsning imzosi haqiqiyligini va hujjatni tasdiqlagan muhr yoki shtamp bosma izi haqiqiyligini tasdiqlaydigan 1961 yilgi Gaaga konvensiyasiga muvofiq rasmiy hujjatga chet elda foydalanish maqsadida qoʻyiladigan maхsus shtamp.  

 

Mazkur holatda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan yigʻim undiriladi. Uning miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 20%ini tashkil etadi, bu boshqa hujjatlardagiga qaraganda 2 baravar koʻpdir. Kelib tushgan mablagʻlarning 60%i Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining hisobraqamida qoladi, 40%i esa – davlat byudjetiga oʻtkaziladi.   

 

Apostil qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ham tegishli oʻzgartirishlar kiritildi. Oʻzgartirishlar Prezidentning 2019 yil 16 yanvardagi PQ-4119-son qarorining 10-bandi «a» kichik bandiga muvofiq tayyorlangan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.09.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.