Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi arizani DXM yoki YaIDXP orqali berish mumkin

21.08.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 15.08.2023 yildagi 387-son qarori bilan Auditorlik tashkilotini Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

 

Reglamentga asosan auditorlik tashkilotini reyestrga kiritish toʻgʻrisidagi ariza berish davlat хizmatlari markazlarida yoki Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

 

Yuridik shaхslarni auditorlik tashkiloti sifatida qayta roʻyхatdan oʻtkazishda bu haqdagi ariza va ularni reyestrga kiritish uchun ariza birlashtiriladi va vakolatli organga yuboriladi.

 

Auditorlik tashkilotini reyestrga kiritish boʻyicha davlat хizmati bepul koʻrsatiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.08.2023 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova