Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil 1 iyuldan qaysi sohalar toʻliq ISOga oʻtkaziladiRaqamli markirovkalash instrumentlari bilan qanday ishlay boshlash kerakTeхnopark (IT-park) rezidentlariga imtiyozlarni qoʻllash tartibi

Avtomaktablar uchun litsenziya IIV tomonidan beriladi

07.02.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 06.02.2023 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-816-son Qonun imzolandi.

 

Qonunga muvofiq, IIV avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlashni litsenziyalash boʻyicha vakolatli organ etib belgilandi (ilgari – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi). Litsenziya olish uchun davlat boji BHMning 10 baravarini tashkil etadi.

 

Shuningdek, IIV avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisida хabarnomani qabul qilivchi organ etib belgilanmoqda.

 

Hujjat “Halq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan va 05.05.2023 yildan kuchga kiradi.

 

Sobir Nurberdiyev.