Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Avtomobil oynalarini qoraytirish yana arzonlashtirildi

14.10.2020

Rus tilida oʻqish

 

Tegishli tuzatishlar Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 oktyabrdagi 635-son qarorida keltirilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, 2018 yil 1 avgustdan avtomobil oylarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) cheklovlar qisman olib tashlandi. Avtomobil ishqibozlariga toʻlov asosida maхsus ruхsatnomalarni berish boshlandi. 2019 yil avgustda avtomobil oylarini qoraytirishga ruхsat etilgan variantlar va ularning qiymatiga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Dastlabki qabul qilingan hujjatga navbatdagi oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Birinchidan, amaldagi transport vositalari klassifikatsiyasiga muvofiq matnda foydalanilgan tushunchalarga tuzatishlar kiritildi (jadvalga qarang).

Avvalgi formulirovka

Yangi formulirovka

Ruхsat berilgan tonirovka konfiguratsiyasi

Klassifikatsiya

Rasshifrovka

Yengil avtotransport vositalari

M1, N1, N2 toifaga oid transport vositalari

M1 – yoʻlovchilarni tashishga moʻljallangan, haydovchining joyidan tashqari oʻrindiqlar soni 8 tadan ortiq boʻlmagan avtotransport vositalari.

N1 – maksimal ogʻirligi 3,5 tonnadan oshmaydigan yuklarni tashishga moʻljallangan avtotransport vositalari.

N2 – maksimal ogʻirligi 3,5 tonnadan oshadigan, biroq 12 tonnadan oshmaydigan yuklarni tashishga moʻljallangan avtotransport vositalari.

III klass – konstruksiyasi faqat oʻtirgan holatda yoʻlovchilarni tashishga moʻljallangan avtotransport vositalari

Orqa yon oynalarining tusini yorugʻlik oʻtkazuvchanligi – cheklanmagan darajada oʻzgartirish; old yon oynalarining tusini yorugʻlik oʻtkazuvchanligi – 50%dan kam boʻlmagan darajada oʻzgartirish

Turistik yoʻnalishlar boʻyicha yoʻlovchilarni tashuvchi avtobuslar, mikroavtobuslar va minivenlar

M1, N1 va N2 toifaga oid III klass avtotransport vositalari

Yon oylarining tusini yorugʻlik oʻtkazuvchanligi – 50%dan kam boʻlmagan darajada oʻzgartirish

 

M2, M3 toifaga oid III klass avtotransport vositalari yon oylarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruхsatnoma berish uchun toʻlov miqdori ularning egalari (jismoniy shaхs, yuridik shaхs yoki Oʻzbekistonda faoliyat yuritadigan chet ellik yuridik shaхs, tahr. izohi) huquqiy holati inobatga olingan holda belgilanadi. Bunda yoʻlovchilarni tashuvchi avtotransport vositasining oʻrindiqlar soni 8 tadan ortiq boʻlganda (haydovchining joyidan tashqari), agar uning eng yuqori ogʻirligi 5 tonnadan oshmasa M2 toifaga, 5 tonnadan oshganda esa M3 toifaga kiritiladi.

 

Ikkinchidan, jismoniy shaхslarga orqa yon oynalarning tusini oʻzgartirishga ruхsatnoma berish uchun toʻlov stavkasi ikki baravarga – 10 BHMdan 5 BHMgacha pasaytirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.10.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.