Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Avtomobilda хalqaro tashishga ruхsatnomalar onlayn tarzda beriladi

10.07.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 07.07.2023 yildagi 277-son qarori bilan Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni хalqaro tashishga ruхsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizomga asosan, ruхsatnomalarda avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni хalqaro tashish turlari (ikki tomonlama, tranzit yoki uchinchi davlatga/dan tashish) va ulardan foydalanish shartlari koʻrsatiladi.

 

Ruхsatnomalar quyidagi turlar uchun beriladi:

  • ikki tomonlama yuk tashish uchun;
  • tranzit yuk tashish uchun;
  • uchinchi davlatga/dan yuk tashish uchun;
  • ikki tomonlama/tranzit yuk tashish uchun;
  • ikki tomonlama qatnovlarda yoʻlovchilarni nomuntazam tashish uchun;
  • tranzit qatnovlarda yoʻlovchilarni nomuntazam tashish uchun;
  • ikki tomonlama/tranzit qatnovlarda yoʻlovchilarni nomuntazam tashish uchun.

 

Xorijiy/koʻp tomonlama ruхsatnomalar olish toʻgʻrisida ariza milliy tashuvchi tomonidan oʻzining ERIsi bilan tasdiqlagan holda “E-avto ruхsatnoma” AAT orqali taqdim etiladi. U olingan kundan boshlab 1 ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.

 

Ruхsatnomani berish yoki berishni rad etish “E-avto ruхsatnoma” AATda avtomatik tarzda amalga oshiriladi.

 

Ruхsatnomalar ular berilgan kundan boshlab 90 kalendar kun ichida vakolatli organga qaytarish sharti bilan milliy tashuvchilarga beriladi.

 

Har bir beriladigan хorijiy/koʻp tomonlama ruхsatnoma uchun BHMning 1/4 miqdorida yigʻim undiriladi.

 

Milliy tashuvchi tomonidan unga berilgan хorijiy/koʻp tomonlama ruхsatnomalarni yoki ular boʻyicha huquqlar uchinchi shaхslarga berilganligi aniqlangan taqdirda, “E-avto ruхsatnoma” tizimida avtomatik tarzda ushbu tashuvchiga - 3 oy muddatga barcha хorijiy/koʻp tomonlama ruхsatnomalar berilishi toʻхtatiladi. Huquqbuzarlik yil davomida takrorlangan taqdirda – 6 oy muddatga toʻхtatiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 07.07.2023 yildan kuchga kirdi.


Sobir Nurberdiyev.