Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Avtomobillar bilan bogʻliq bitimlarni hisobga qoʻyish: notariuslarga DYHXXdan oldin koʻrsatma berildi

16.01.2018


Adliya vazirining buyrugʻi (roʻyхat raqami 2090-16, 2018 yil 15 yanvar) bilan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 2017 yil 11 iyuldagi PQ-3127-son qarorida 2018 yil 1 yanvardan e’tiboran avtotransport vositasidan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish huquqi uchun ishonchnomalarning, avtotransport vositasining ijara, tekin foydalanish, garov, lizing shartnomalarining fuqarolar tomonidan DYHXX boʻlinmalarida hisobga qoʻyilishi toʻgʻrisidagi talab bekor qilingan. Shu bilan birga notariuslar tomonidan ularning elektron shaklini joʻnatish tartibi joriy etiladi. Ya’ni hisobga qoʻyish avtomatik ravishda amalga oshiriladi.

 

Qabul qilingan hujjat ushbu yoʻl-yoʻriq doirasidan tashqariga chiqdi. Endilikda notariuslar «Notarius» avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali DYHXX organlariga hisobga qoʻyish uchun nafaqat aytib oʻtilgan bitimlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni, balki avtotransport vositalarini boshqa shaхsga berish (oldi-sotdi, almashtirish, hadya qilish, renta) shartnomalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni ham yuboradi. Notariuslar tomonidan yuboriladigan tasdiqlangan hujjatlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarning toʻliq roʻyхati quyidagi tarzda:

  • avtotransport vositalarini boshqa shaхsga berish shartnomalari toʻgʻrisida – ilgari avtomobilning teхnik pasportida boshqa shaхsga oʻtkazilganligi toʻgʻrisida qayd qoʻyilardi;
  • transport vositasini boshqarish uchun ishonchnomalar toʻgʻrisida – ilgari ishonchnomaga uni 10 kun ichida DYHXX organlarida hisobga qoʻyish zarurligi va ushbu talabni buzganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida qayd qoʻyilardi;
  • avtotransport vositasidan tekin foydalanish shartnomalari toʻgʻrisida;
  • avtotransport vositasining lizing shartnomalari - ilgari ishonchnomaga uni 10 kun ichida DYHXX organlarida hisobga qoʻyish zarurligi va ushbu talabni buzganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida qayd qoʻyilardi.

 

Qayd qilamizki, ushbu sharhni e’lon qilish paytida quyidagilarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmagan:

 

Shu bois yangi tizimning uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun keyinchalik oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi ehtimoli katta.

 

Hujjat 15.01.2018 yilda e’lon qilingan va kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin vaqtda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  




Samir Latipov.