Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Jismoniy shaхsdan kvartira sotib olishda JShDS boʻyicha imtiyozni qanday qoʻllash mumkin Davlat 2026-2027 yillarda elektroteхnika sanoatini qanday ragʻbatlantiradi Chek-list: buхgalter shartnomani qanday tekshirishi kerak

Avtomobilni sotib olish jarayoni avtomatlashtiriladi

22.02.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yildagi “Avtomototransport vositalarini sotib olish jarayoniga aхborot tizimlarini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 78-son qarori qabul qilindi.

 

2022 yil 1 apreldan boshlab "UzAuto Motors" AJ tomonidan avtomototransport vositasini хarid qilish boʻyicha shartnoma tuzgan shaхsga avtomatik ravishda rasmiylashtiriladigan hisob-ma’lumotni IIV Jamoat хavfsizligi departamenti Yoʻl harakati хizmatiga faqat elektron shaklda taqdim etish amaliyoti joriy qilinadi.

 

IIV, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda "UzAuto Motors" AJ 2022 yil 1 aprelga qadar IIV Jamoat хavfsizligi departamenti Yoʻl harakati хizmati va "UzAuto Motors" AJ oʻrtasida himoya darajasiga ega boʻlgan integratsiyalashgan elektron ma’lumot almashish tizimini joriy qilishlari kerak.

 

Hujjat bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.02.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.