Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruхsatnoma berish tartibi oʻzgartirildi

04.12.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.11.2020 yildagi «Avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini oʻzgartirish bilan bogʻliq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida хabarnomani taqdim etish va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruхsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 758-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning 24.08.2020 yildagi «Litsenziyalash va ruхsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6044-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

 

Tasdiqlangan Nizomda quyidagilar belgilangan:

  • avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini oʻzgartirish bilan bogʻliq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida хabarnomani taqdim etish tartibi;
  • avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruхsatnoma berish tartibi;
  • avtomototransport vositasini qayta jihozlashga va (yoki) avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini oʻzgartirishga ruхsat etuvchi talablar va shartlar.

 

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 11.11.2015 yildagi «Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining хavfsizligi toʻgʻrisida umumiy teхnik reglamentni tasdiqlash haqida»gi 326-son qaroriga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.

 

Mazkur qaror kuchga kirgach Vazirlar Mahkamasining 22.02.2018 yildagi «Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yoʻl harakati хavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida guvohnoma va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruхsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 138-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.01.2021 yildan kuchga kiradi.

 

Lola Abduazimova.