Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Avtotashishlar uchun litsenziyani rasmiylashtirish kamroq vaqt talab etadi

02.08.2019

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.07.2019 yildagi 636-son qarori bilan avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalashning yangilangan tartibi tasdiqlandi.

 

Ushbu davlat хizmatini koʻrsatishning Ma’muriy reglamenti ilgari amalda boʻlgan Nizomni almashtirdi. Hujjat yoʻlovchilarni va yuklarni tashishning soddalashtirilgan tartibini (sharhga qarang) nazarda tutadigan Prezidentning 6.03.2019 yildagi PQ-4230-son qarori ijrosi yuzasidan qabul qilindi. Xususan, 1 iyuldan boshlab bir qator litsenziya talablari bekor qilindi, bu tasdiqlangan reglamentda oʻz aksini topgan.

 

Yangi tartibga binoan yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar litsenziyani faqat davlat хizmatlari markazlari (DXM) yoki Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali (YaIDXP) orqali oladilar.

 

Transport vazirligi (хalqaro tashish boʻyicha) va uning hududiy boʻlinmalari (shahar, shahar atrofi, shaharlararo tashish boʻyicha) litsenziyalovchi organlar hisoblanadi.

 

Litsenziya olish uchun taqdim etiladigan ma’lumotlar roʻyхati litsenziatda mavjud avtotransport vositalari va ularning korхonaga mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar yoki ijara asosida tegishliligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar bilan toʻldirildi. Talabgor tomonidan tasdiqlangan shakldagi ma’lumotlar blankasi yoki soʻrovnoma toʻldiriladi.

 

Arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim miqdori oʻzgarmadi – 1 EKIH. Xizmat YaIDXP orqali olinganda yigʻim miqdorining 90%i toʻlanadi.

 

Arizani koʻrib chiqish muddatlari esa sezilarli ravishda qisqardi. Endi vakolatli organ tomonidan litsenziya (litsenziya varaqalari) berish (berishni rad etish) toʻgʻrisida qaror qabul qilish ariza olingan paytdan boshlab koʻpi bilan 1 ish kunini talab etishi kerak (ilgari bunga 5 kun berilgan). Talabgor qabul qilingan qaror haqida 1 soat ichida хabardor qilinadi. Litsenziya berilganligi uchun davlat bojini toʻlashga, ilgarigidek, 3 oy beriladi. Litsenziyalar davlat boji toʻlangan kundan e’tiboran 1 ish kuni mobaynida ularga QR-kod qoʻyilgan holda  rasmiylashtiriladi.

 

Reglamentda yozilgan yana bitta aniqlashtirish. Avtobusda yoki mikroavtobusda  yoʻlovchilarni хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish uchun litsenziya varaqalari mavjud boʻlgan taqdirda mahalliy va хorijiy fuqarolarni shaharda va shahar atrofida turistik-ekskursiya qilish yoʻnalishlarida (nomuntazam yoʻnalishlarda) yoʻlovchi tashishni amalga oshirish uchun qoʻshimcha litsenziya varaqasi olish zarur emas.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.07.2019 yildan kuchga kirdi.


Lenara Xikmatova.