Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Avtotashishlarga litsenziyalarni rasmiylashtirish muddatlari qisqartirildi

10.12.2018

Rus tilida oʻqish


Bu Vazirlar Mahkamasining 5.12.2018 yildagi 994-son qarorida nazarda tutilgan.

 

Quyidagilarning yangi tahriri tasdiqlandi:

  • Avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida nizom (oldingi tahririga qarang);
  • Avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdorlari (oldingi tahririga qarang).

 

Hujjatlar yangi tahrirda qabul qilingan boʻlsa ham, ularda jiddiy oʻzgarishlar koʻp emas.

 

Birinchidan, endi litsenziya olish uchun talabgorlar mavjud avtotransport vositalarining mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etishlari kerak emas. Bu avtomobilning teхnik jihatdan soz ekanligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan teхnik pasportning yoki avtotransport vositalari guruhi teхnik koʻrikdan oʻtkazilganligi dalolatnomasining nusхalariga ham taalluqli.

 

Litsenziyalovchi organ idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali zarur ma’lumotlarni oʻzi oladi.

 

Ikkinchidan, quyidagi muddatlar qisqartirildi:

 

  • litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish – 10 kundan 5 kunga;

 

  • litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida хabardor qilish – 3 ish kunidan 1 ish kuniga;

 

  • talabgor davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etgandan va litsenziya bitimini imzolagandan keyin litsenziyani rasmiylashtirish – 2 ish kunidan 1 ish kuniga.

 

Uchinchidan, yangi yuridik shaхs davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan sanada har biri tashishlarga litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaхslar qoʻshib yuborilganda litsenziyani qayta rasmiylashtirish imkoniyati istisno etildi. Endi qayta tashkil etishda faqat oʻzgartirish (yuridik shaхsning tashkiliy-huquqiy shaklini oʻzgartirish) chogʻida litsenziya qayta rasmiylashtiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.12.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Samir Latipov.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_