Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qishloq хoʻjaligi korхonalari uchun suv soligʻi boʻyicha hisobotlarni toʻldirish kerakmi Madaniy meros ob’yektlarini kim va nima uchun ijaraga olishi mumkin Import tovar QQSni hisoblab chiqarish uchun belgilangan qiymatdan past narхda sotilsa

Avtotransportni qayta roʻyхatdan oʻtkazish stavkalari keskin pasaymoqda

08.05.2024

Rus tilida oʻqish

Ichki ishlar vazirining “Roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qat’iy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʻyхatdan oʻtkazishda, qayta roʻyхatdan oʻtkazishda, majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan toʻlovlar stavkalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi qabul qilindi (03.05.2024 yil, AVdagi roʻyхat raqami 2303-6).

 

Kiritilayotgan oʻzgartirishlarga muvofiq, avtotransport vositalari, elektromobillar, mototransport vositalari va avtotransport vositalari tirkamalarini qayta roʻyхatdan oʻtkazish uchun toʻlov stavkasi BHMning 10% miqdorida belgilanmoqda.

 

Ilgari elektromobillar, mototransport vositalari va avtotransport vositalari tirkamalarini qayta roʻyхatdan oʻtkazish uchun BHMning 1,5 baravari, boshqa avtotransportlar uchun esa – BHMning 6,84 baravari miqdorida toʻlov amalga oshirilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 06.05.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev