Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
662-sonli VMQga koʻra tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingini baholash metodikasida nimalar oʻzgardiIshonchnoma: nima uchun kerak, qanday turlari bor, qanday toʻgʻri rasmiylashtiriladi Soliq organining ma’lumotlar bazasida notoʻgʻri ma’lumotlar aks ettirilgan boʻlsa, nima qilish kerak Soliq organining ma’lumotlar bazasida notoʻgʻri ma’lumotlar aks ettirilgan boʻlsa, nima qilish kerak

Aybsizlik prezumpsiyasiga oid normalar takomillashtirilmoqda

12.06.2025

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 09.06.2025 yildagi «Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sudlar faoliyatining hamda fuqarolar huquq va erkinliklarining kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-1067-son Qonun imzolandi.

 

Jinoyat-protsessual kodeksga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga koʻra, aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan boʻlsa, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak. Shuningdek qonun qoʻllanilayotganda kelib chiqadigan shubhalar ham gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak.

 

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi oʻzining aybsizligini isbotlashi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin.

 

Agar shaхsning oʻz aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil boʻlsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas.

 

Ushbu oʻzgartirishlar qonunchilikni Konstitutsiyaga muvofiqlashtirishga qaratilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.06.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev