Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlar qanday joylashtiriladi?

24.01.2017

Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining buyrugʻi (roʻyхat raqami 351-3, 2017 yil 18 yanvar) bilan Ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarni tarqatish va joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Kiritilgan tuzatishlarga koʻra ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarning (AQQ) ayirboshlash shartlarida ayirboshlash quyidagilar asosida amalga oshirilishi nazarda tutilishi kerak:

  • AQQ egalari talabiga koʻra;
  • AQQni chiqarish haqidagi qarorda koʻrsatilgan (aniqlash tartibi koʻrsatilgan) muddatda;
  • AQQni chiqarish haqidagi qarorda koʻrsatilgan vaziyatlar yuzaga kelsa.

 

AQQ faqat hujjatsiz shaklda chiqarilishi belgilangan (ilgari hujjatli yoki hujjatsiz shaklda).

 

Aniqlashtirilishicha, AQQga huquq sotib oluvchining depo hisobvaragʻi boʻyicha tegishli kirim qaydnomasi kiritilgan paytdan e’tiboran sotib oluvchiga oʻtadi va depo hisobvaragʻidan koʻchirma bilan tasdiqlanadi.

 

AQQni bevosita ayirboshlash AQQni chiqarish haqidagi qarorda belgilangan ayirboshlash muddati tugaganidan keyin amalga oshiriladi. Agar AQQ ularning egalari talabiga koʻra amalga oshirilsa, ayirboshlash tartibi va shartlari muddatni belgilashi kerak (muddatni belgilash tartibi), ushbu muddat mobaynida AQQ egalari tomonidan tegishli arizalar topshirilishi mumkin, shuningdek muddat belgilashi zarur (muddatni belgilash tartibi), ushbu muddat mobaynida bunday arizalar asosida ayirboshlash amalga oshirilishi kerak.

 

AQQ chiqarilishini davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun emitent Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish qoidalarida belgilangan tartibda Markazga hujjatlarni taqdim etadi.

 

Jamiyat ustavida jamiyat tomonidan pul mablagʻlari bilan toʻlanadigan AQQ joylashtirilgan taqdirda ovoz beruvchi aksiyalarga ega aksiyadorlar ularni sotib olishda ustuvor huquqqa ega ekanligi nazarda tutilgan boʻlishi mumkin. Aksiyador, shu jumladan, qarshi ovoz bergan yoki aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida qatnashmagan aksiyador oʻziga tegishli boʻlgan shu turdagi aksiyalarning miqdorida AQQni sotib olish uchun ustuvor huquqqa ega.

 

AQQ sotib olishning ustuvor huquqini qoʻllamaslik haqidagi qaror, shuningdek bunday qarorning amal qilish muddati aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida qatnashayotgan ovoz beruvchi aksiyalar egalarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinishi mumkin. Bunda bunday qarorning amal qilish muddati shunday qaror qabul qilingan paytdan boshlab bir yildan oshmasligi kerak.

 

Aksiyadorlik jamiyati AQQ chiqarilishi davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan sanadan 10 kun mobaynida OAVda e’lon qilish vositasida oʻzining ustuvor huquqqa ega boʻlgan barcha aksiyadorlariga (agar bu jamiyat ustavida koʻzda tutilgan boʻlsa),

AQQ chiqarilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilgan jamiyat boshqaruv organi tomonidan oʻrnatilgan joylashtirish narхi boʻyicha ularda mavjud boʻlgan aksiyalar soniga mutanosib ravishda teng shart-sharoitlarda AQQ sotib olishni taklif qilishi shart.

 

Bunda bildirish matni quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:

  • joylashtirilayotgan AQQ soni haqida ma’lumot;
  • ularni joylashtirish narхi;
  • har bir aksiyador sotib olish huquqiga ega boʻlgan AQQ sonini aniqlash tartibi;
  • amal qilish muddati va aksiyadorlarning ushbu huquqini amalga oshirish tartibi.

 

Ustuvor huquqning amal qilish muddati bildirish e’lon qilingan paytdan boshlab 10 kundan kam va 30 kundan koʻp boʻlishi mumkin emas.

 

Ustuvor huquqqa ega boʻlgan aksiyador aksiyadorlik jamiyatiga AQQni sotib olishi haqida yozma ravishda aksiyadorning ismi (nomi) va yashash joyi (turgan joyi), u tomonidan sotib olinayotgan AQQ soni koʻrsatilgan va toʻlov haqidagi hujjatni saqlaydigan arizani yoʻllash yoʻli bilan oʻzining mavjud ustuvor huquqini toʻliq yoki qisman roʻyobga chiqarishi mumkin. Bunday ariza mazkur ustuvor huquqning amal qilish muddati mobaynida jamiyatga taqdim etilishi kerak.

 

Hujjat ayrim boshqa oʻzgarishlarni saqlaydi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.


 

Oleg ZAMANOV,

ekspertimiz.

 

Mavzuga oid material:

 

Emitent, ma’lumotni toʻgʻri oshkor qiling

 


Ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlar – хuddi shu emitentning oddiy aksiyalariga aylantirilishi mumkin boʻlgan imtiyozli aksiyalar, korporativ obligatsiyalar.