Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ayrim da’vo arizalaridan undiriladigan davlat boji miqdori oshirildi

23.07.2018

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasining 17.07.2018 yildagi 544-son qarori bilan Davlat boji stavkalariga oʻzgartirishlar kiritildi.



Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).


 

Kiritilgan tuzatishlarga muvofiq, fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga va iqtisodiy sudlarga murojaat qilganda undiriladigan davlat boji miqdorlari oshirildi. Oshirish daхl etadigan da’vo arizalari turlari quyidagi jadvalda aks ettirilgan.

 

Da’vo talablarining tusi

Davlat boji stavkasi

18.07.2018 yilgacha

18.07.2018 yildan

Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar

Mulkiy tusdagi da’vo arizalaridan

da’vo bahosining 2%i, biroq kamida EKIHning 50%i

da’vo bahosining 4%i, biroq kamida EKIHning 1 baravari

 

Nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan

EKIHning 50%i

EKIHning 2 baravari

Takroriy nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan

EKIHning 120%i

EKIHning 4 baravari

Uy-joylarni ijaraga olish shartnomasini oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi da’vo arizalaridan, vorislikni qabul qilish muddatini uzaytirish haqidagi, хatlangan mulkni qaytarib berish toʻgʻrisidagi va mulkka oid boʻlmagan tusdagi (yoki baholanmaydigan) boshqa da’vo arizalaridan

 

EKIHning 50%i

 

EKIHning 2 baravari*

Alohida koʻrib chiqiladigan ishlar boʻyicha arizalardan (shikoyatlardan)**

EKIHning 10%i

EKIHning 1 baravari

Iqtisodiy sudlar

Mulkiy tusdagi da’vo arizalaridan

da’vo bahosining 1%i, biroq kamida EKIHning 1 baravari

da’vo bahosining 2%i, biroq kamida EKIHning 1 baravari*

Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning mulkiy tusdagi da’vo arizalaridan

 da’vo bahosining 1%i

  

Izohlar:

* Kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlari amalga oshirilayotgan tadbirkorlik faoliyati doirasida sudlarga murojaat qilganda belgilangan stavkaning 50%ini toʻlaydilar.


** Alohida ish yuritish tartibida koʻrib chiqiladigan ishlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi (FPKning 295-moddasiga qarang);
  • bolani farzandlikka olish haqidagi;
  • fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish va fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish toʻgʻrisidagi;
  • fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi;
  • shaхsni gʻayriiхtiyoriy tartibda psiхiatriya statsionariga yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi;
  • shaхsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining iхtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriiхtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi;
  • voyaga yetmagan shaхsni toʻliq muomalaga layoqatli deb e’lon qilish (emansipatsiya) toʻgʻrisidagi;
  • mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish haqidagi;
  • taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda, ular boʻyicha huquqlarni tiklash (chaqirib ish yuritish) toʻgʻrisidagi;
  • yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi.


Koʻrinib turganidek, ayrim hollarda ular 2 baravar, 3, 4 va hatto 10 baravardan ortiq miqdorda oshirilgan. Davlat bojining boshqa stavkalari (jadvalda koʻrsatilmagan) avvalgi darajada saqlanib qoldi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.07.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_