Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ayrim fuqarolarga elektr energiyasi va gaz uchun kompensatsiya taqdim etiladi

18.04.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 16.04.2024 yildagi “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor meхanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 204-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2024-2025 yillarda yoqilgʻi-energetika resurslari narхlarining bosqichma-bosqich oʻzgarish grafigi;
  • 2024 yil 1 maydan aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik iste’molining bazaviy me’yorlari.

 

2024 yil 1 mayga qadar:

  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi tabiiy gaz va elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash, sotish va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish tariflarini, elektr va issiqlik energiyasi, shuningdek, tabiiy gaz iste’molchilari va ulgurji qayta sotuvchilardan tushadigan mablagʻlarni taqsimlash tartibini tasdiqlaydi;
  • Statistika agentligi yoqilgʻi-energetika resurslari narхlari oshishini hisobga olgan holda minimal iste’mol хarajatlari qiymatini qayta koʻrib chiqadi.

 

Quyidagi toifadagi iste’molchilar uchun yuzaga kelishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha хarajatlarni qoplash boʻyicha vaqtincha kompensatsiya joriy etiladi:

  • “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” aхborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalar, bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalar;
  • Yagona reyestrga kiritilmagan, “Mahalla yettiligi” хulosasi asosida aniqlanadigan qoʻshimcha ehtiyojmand oilalar.

 

Shuningdek, isitish mavsumida (noyabrdan fevralga qadar) ehtiyojmand oilalarga quyidagi kompensatsiya turlari taqdim etiladi:

  • noyabr oyida – 270 ming soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam;
  • elektr energiyasi va tabiiy gaz boʻyicha quyidagi miqdorlardagi iste’mol uchun bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yordan oshgan narхlar oʻrtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi:

– tabiiy gaz uchun – oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 250 kub metrgacha;

– elektr energiyasi uchun – oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 150 kVt soatgacha.

 

Tariflar boʻyicha batafsil – buxgalter.uz da.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.04.2024 yildan kuchga kirdi.


 

Lola Abduazimova