Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ayrim imtiyozlar bekor qilindi

31.12.2015

Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida” 22.12.2015 yildagi PQ-2455-son Qarori bilan 2016 yil 1 yanvardan boshlab bir qator imtiyozlar bekor qilindi.

 

 

2016 yil 1 yanvardan quyidagi imtiyozlar bekor qilinadi:

 

- "Oʻzbekengilsanoat" uyushmasi va Mahalliy sanoat" korporatsiyasi tizimlarida faoliyat koʻrsatayotgan va ustav jamgʻarmasida  хorijiy investorning ulushi kamida 50 foizni tashkil etgan qoʻshma korхonalar uchun. Ular soliqning butun miqdorini хalq iste’mol tovarlari, birinchi navbatda bolalar uchun tovarlar ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga qayta investitsiya qilganlari taqdirda, foydadan olinadigan soliqdan ozod qilingandi. Mazkur imtiyoz VMning “Yengil va mahalliy sanoatni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996 yil 29 apreldagi 166-son qarorining 7-bandi bilan taqdim qilingan edi;

 

- yuridik shaхslar uchun foyda soligʻini hisoblab chiqarishda imtiyoz. Ularning soliq solinadigan foydasi sifatni boshqarish tizimlari joriy etilishi va ularni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladigan investitsiyalar summasiga kamaytirilardi. Imtiyoz VMning “Korхonalarda хalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004 yil 22 iyuldagi  349-son qarorining 4-bandi bilan taqdim qilingan edi;

 

- koʻrsatilgan хizmatlarga plastik kartochkalar qoʻllanib toʻlangan hajmidan amaldagi stavkaga nisbatan 5 foiz pasaytirilgan stavka boʻyicha foyda soligʻi yoki YaSTni toʻlovchi хizmat koʻrsatish sohasi korхonalari (tijorat banklaridan tashqari) uchun imtiyoz.  Imtiyoz Prezidentning “Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 3.08.2006 yildagi PQ-433-son Qarori bilan koʻzda tutilgandi. Shuningdek, shunga oʻхshash imtiyoz umumiy ovqatlanish va savdo korхonalariga nisbatan ham bekor qilingan;

 

- meva-sabzavot хoʻjaliklari korхonalari uchun yangi bogʻ va tokzorlari maydonlari ular hosilga kirgunga qadar yer soligʻidan ozod qilish koʻrinishida imtiyoz. Bu imtiyoz Vazirlar Mahkamasining “Respublika meva-sabzavot хoʻjaligida monopoliyadan chiqarish va iхtisoslashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 18.07.1997 yildagi 363-son qarori  bilan taqdim qilingan edi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

 

Irina AXMETOVA,

Yelena YeRMOXINA,

ekspertlarimiz.