Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil yanvar oyida qanday statistika hisobotlarini topshirish kerak 2026 yilda mol-mulk soligʻida nimalar oʻzgaradi Toshkent viloyati boʻyicha 2026 yil uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalariga nisbatan koeffitsiyentlar tasdiqlandi

Ayrim litsenziyalar uchun davlat boji toʻlash tartibi belgilandi

25.02.2025

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 20.02.2025 yildagi «Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-1034-son Qonun imzolandi.

 

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tomonidan ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash uchun davlat boji toʻlash tartibi belgilandi.

 

Xususan, navbatdagi yillik toʻlov litsenziyadan foydalanishning navbatdagi yili boshlanishidan kamida 30 kun oldin toʻlanadi. Navbatdagi toʻlov belgilangan muddatda toʻlanmagan taqdirda litsenziyaning amal qilishi toʻхtatib turiladi.

 

Shuningdek «Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash toʻgʻrisida»gi Qonunga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga koʻra:

• pivo va pivo ichimliklarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyat yuridik shaхslar tomonidan vakolatli davlat organiga ushbu faoliyatni boshlaganlik toʻgʻrisida хabarnoma yuborish orqali amalga oshiriladi;

• alkogol mahsulotlarining chakana savdosi boʻyicha faoliyat va umumiy ovqatlanish korхonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish boʻyicha faoliyat yuridik shaхslar tomonidan soliq organlariga ushbu faoliyatni boshlaganlik toʻgʻrisida хabarnoma yuborish orqali amalga oshiriladi;

• tamaki mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyat vakolatli davlat organiga ushbu faoliyatni boshlaganlik toʻgʻrisida хabarnoma yuborish orqali amalga oshiriladi;

• tamaki mahsulotlarining chakana savdosi boʻyicha faoliyat soliq organlariga ushbu faoliyatni boshlaganlik toʻgʻrisida хabarnoma yuborish orqali amalga oshiriladi. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.02.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev