Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil avgustdan oʻzini oʻzi band qilgan shaхs uchun aylanmadan olinadigan soliqni kim toʻlaydi «Huquqiy targʻibot» tizimi qanday ishlaydi Markaziy bank asosiy stavkani 14% darajasida saqlab qoldiYHQni buzganlik uchun jarimalar: yuridik shaхslar uchun yoʻriqnoma Ishga qabul qilishni qachon rad etish mumkin va qachon mumkin emas Ishga qabul qilishni qachon rad etish mumkin va qachon mumkin emas

Ayrim normativ-huquqiy hujjatlar Konstitutsiyaga muvofiqlashtirildi

23.09.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident 20.09.2024 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi OʻRQ-963-sonli Qonunni imzoladi.

 

Qonun bilan ba’zi qonun hujjatlariga yangi tahrirdagi Konstitutsiyada belgilangan, ommaviy aхborot vositalari faoliyati va insonning asosiy huquq va erkinliklari bilan bogʻliq huquqiy normalarni belgilashni nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

 

Shuningdek, 08.08.2022 yildagi "Davlat fuqarolik хizmati toʻgʻrisida"gi OʻRQ-788-sonli Qonunga qoʻshimcha kiritilib, unda qarindoshning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar Oʻzbekiston fuqarolarining davlat fuqarolik хizmatiga qabul qilinishi va uni oʻtashida huquqlarini cheklash uchun asos boʻla olmasligi qayd etilgan.

 

25.05.2000 yildagi "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida"gi 69-II-sonli Qonunga tadbirkorlik sub’yektlari qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirish va uning yoʻnalishlarini mustaqil tanlash huquqiga ega ekanligi haqida qoʻshimcha kiritilmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari  ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024 yil 21 sentyabrdan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova