Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yilda farmatsevtika mahsulotlarini hisobga olish qoidalarida nimalar oʻzgardi Ish qidirish davrida oʻrtacha oylik ish haqi qanday hisob-kitob qilinadi Dividendlar toʻlovlari hisobiga asosiy vositalarni berish qanday hisobga olinadi

Ayrim transport turlariga davlat raqami belgilarini berish uchun toʻlov kamaytirildi

27.12.2024

Rus tilida oʻqish

Ichki ishlar vazirining «Roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qat’iy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʻyхatdan oʻtkazishda, qayta roʻyхatdan oʻtkazishda, majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan toʻlovlar stavkalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi buyrugʻi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazildi (23.12.2024 y. AV roʻyхat raqami 2303-7-son).

 

Mototransport vositalari (mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterlar) va tirkamalarga (yarim tirkamalar) roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqam belgilarini berganlik uchun BHMning 1,5 baravari miqdorida toʻlov undiriladi (ilgari - BHMning 1,75 baravari).

 

Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan davlat belgisi oʻrniga yangisini berish uchun ham хuddi shu miqdorda toʻlov belgilangan (ilgari - BHMning 1,75 baravari).

 

Elektromobillar (gibrid avtomobillar), mototransport vositalari (mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterlar) va tirkamalarni (yarim tirkamalarni) roʻyхatdan oʻtkazganlik uchun ham BHMning 1,5 baravari miqdori toʻlovni amalga oshirish lozim.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilindi va 23.12.2024 yildan kuchga kirdi.

Sobir Nurberdiyev