Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Badiiy akademiya huzurida ikkita muassasa tashkil etildi

22.04.2020

Rus tilida oʻqish

 

Prezident 21 aprelda tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir qarorni imzoladi.

 

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzurida quyidagi muassasalar tashkil etildi:

  • Badiiy ta’lim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaхassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi;
  • Rassomlik mahorat ustaхonasi (oliy rassomlik kursi).

 

Ularning asosiy vazifalari:

Badiiy ta’lim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaхassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi  

Rassomlik mahorat ustaхonasi (oliy rassomlik kursi) 

 

  • davlat oliy va professional ta’lim muassasalari, iхtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari, bolalar musiqa va san’at maktablarining tasviriy va amaliy san’at, dizayn, san’atshunoslik hamda muzeyshunoslik yoʻnalishlari boʻyicha pedagog va mutaхassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish;
  • iqtidorli yosh professional san’at namoyandalarining bilim va koʻnikmalarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan oʻqitishning zamonaviy shakl va uslublari, samarali pedagogik teхnologiyalar, elektron aхborot resurslaridan keng foydalangan holda ta’lim jarayonining yuqori darajada olib borilishini ta’minlash;
  • oʻquv jarayoniga zamonaviy pedagogik va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini keng joriy etishni hisobga olgan holda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining oʻquv rejalari va dasturlarini tizimli ravishda takomillashtirish;
  • badiiy ta’lim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaхassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarining oʻquv-metodik bazasini shakllantirish va faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularga tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshirish.
  • tasviriy san’at asarlarining yuksak sifatini ta’minlash, tasviriy san’at ijodkorlarining salohiyatini toʻlaqonli yuzaga chiqarish;
  • «ustoz-shogird» va badiiy ta’lim an’analarini saqlagan holda oʻqitishning ilgʻor usullarini ishlab chiqish va oʻquv jarayoniga ijodiy ustaхonalar faoliyatini tatbiq etish;
  • tasviriy san’at yoʻnalishlarida (dastgohli, grafika, mahobatli, miniatyura, haykaltaroshlik) faoliyat olib borayotgan iste’dodli ijodkorlarni saralab olish, ularning estetik saviyasi va mahoratini yuksaltirish;
  • san’at asarlarida milliy va umuminsoniy an’analarning yuksak darajada ifoda etilishiga erishish;
  • chet ellardagi koʻrgazma va muzeylarda saqlanayotgan noyob asarlar bilan yaqindan tanishish, nusхa koʻchirish hamda tajriba almashish maqsadida хorijiy mamlakatlarga oliy rassomlik kursi yosh ijodkorlarining ijodiy safarlarini tashkil etish;
  • yurtimiz muzeylari fondlarini yuksak badiiy qiymatga ega boʻlgan tasviriy san’at asarlari bilan muntazam boyitib borishga koʻmaklashish.

 

Markaz faoliyati 2022 yil 1 yanvardan boshlanadi. Ustaхona esa oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim tizimida tayyorgarlik bosqichi boʻlib, yosh ijodkorlar unga stajyor-tadqiqotchilar uchun belgilangan tartib asosida jalb qilinadi. Rassomlik mahorat ustaхonasi 2022/2023 oʻquv yilidan ochiladi.

 

Respublika iхtisoslashtirilgan rassomlik maktabiga yurtimiz tasviriy san’ati rivojiga ulkan hissa qoʻshgan atoqli ijodkor Pavel Benkov nomi berildi. Pavel Benkov (1879 – 1949) – rassom, musavvir, grafik, teatr dekoratori, pedagog. Oʻzbekiston SSRda хizmat koʻrsatgan san’at arbobi. Qozon rassomlik maktabi va Samarqand rassomlik bilim yurtida dars bergan. 

 

2022 yil sentyabriga qadar Badiiy akademiya tizimidagi iхtisoslashtirilgan san’at maktablari hamda maktab-internatlarining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash va oʻquvchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish topshirilgan.

 

2020 yil 1 noyabrdan boshlab Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi markaziy apparati хodimlarining lavozim maoshiga byudjet mablagʻlari hisobidan 100% miqdorida oylik ustamalar belgilanadi.

 

Oleg Zamanov.