Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari koʻrinishidagi moddiy yordam: QQS qachon yuzaga keladi va chegirma huquqi qachon yoʻqotiladi Ta’sischilar chiqib ketishida olingan asosiy vositalar qanday hisobga olinadi – Buxgalter Pro Ta’sischilar chiqib ketishida olingan asosiy vositalar qanday hisobga olinadi – Buxgalter Pro

Baholash faoliyati: tekshiruvlarda baholovchining ekspert sifatida ishtirok etishi

28.08.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 26.08.2024 yildagi “Baholash faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-945-son Qonun imzolandi.

 

Endilikda baholovchi nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻtkaziladigan tekshirishlarda va boshqa tadbirlarda faqat baholovchi tashkilot hamda ushbu organlar oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida ekspert sifatida ishtirok etishi mumkin.

 

Bundan tashqari, kamida 3 yil ish stajiga ega boʻlgan sud ekspertlari baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarda qoʻllanilgan usullarning ilmiy jihatdan asoslanganligi nuqtai nazaridan sud ekspertizasini oʻtkazishi mumkin.

 

Shuningdek, sud eksperti tekshirishlarni oʻtkazishda uning хulosasiga nisbatan belgilangan talablarga, shuningdek tegishli sohadagi qonunchilik hujjatlariga rioya etishga majbur. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.08.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev