Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Baholash faoliyati yana litsenziyalanadi

05.07.2019

Rus tilida oʻqish

 

Litsenziyalar cheklanmagan amal qilish muddati bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan beriladi (1.07.2019 yildagi PQ-4381-son qaror).

 

Ilgari davlatimiz rahbari baholash faoliyatini litsenziyalashni bekor qilish toʻgʻrisidagi taklifni ma’qullagan edi (1.06.2018 yildagi PQ-3764-son qarorga qarang).  Biroq, Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyхatidan uni chiqarib tashlashga ulgurmadilar, shu bois uni takroran kiritish talab etilmaydi.

 

Ilgari berilgan litsenziyalarning amal qilish muddati 2019 yil 1 iyulda tugashi rejalashtirilgan edi. Biroq, 1.06.2018 yildagi PQ-3764-son qarorga kiritilgan  tuzatishlar natijasida ular amal qilishda davom etadi, ularni qayta rasmiylashtirish talab etilmaydi. Endi baholash faoliyati bilan shugʻullanish istagida boʻlganlar amaldagi Baholash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida nizomga amal qilishlari mumkin.  Lekin, hujjat ustav kapitalining minimal miqdoriga talablarning bekor qilinishi qismida va h.k.da 1.06.2018 yildagi PQ-3764-son qarorga muvofiq keltirilishi kerak. Ehtimol, yangi tahrirda tasdiqlanadi.

 

Baholovchilarni toifalashni joriy etish esa 2019 yil 1 avgustga koʻchirildi.  Bu yerda vakolatli organ oʻzgardi: toifalarni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi beradi. Ilgari bu vakolat Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markaziga berilgan edi. 2019 yil 10 iyulga qadar Baholovchilarga toifalar berish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanadi.

 

Toifalash natijalari agentlik, Oʻzbekiston Baholash tashkilotlari assotsiatsiyasi va Baholovchilar jamiyatining saytlarida e’lon qilinadi. Kelgusi yildan boshlab baholash tashkilotlarining reytingini tuzib, e’lon qilishni boshlaydilar. Uning asosida baholash toʻgʻrisidagi hisobotlar monitoringi, shtatda bilimdon baholovchilarning mavjudligi, bozorda egallagan oʻrni hamda boshqa mezonlar yotadi. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.07.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.