Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Baхshichilik san’ati YuNESKOning nomoddiy merosi roʻyхatiga kiritiladi

15.05.2019

Rus tilida oʻqish

Baхshichilik san’atini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Termizda Respublika markazi (keyingi oʻrinlarda - Markaz) va Baхshichilik san’atini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi. Bu OʻzAda e’lon qilingan Prezidentning 14.05.2019 yildagi qarorida nazarda tutilgan.

 

Madaniyat vazirligi vakolatli davlat organlari va tashkilotlar bilan birgalikda:

  • Termiz shahridagi baхshichilik maktabi negizida baхshichilik san’atiga iхtisoslashtirilgan Respublika maktab-internatini tashkil etish;
  • baхshi uchun musiqa cholgʻulari (doʻmbira, sibizgʻa, chanqovuz, qoʻshnay, gʻajirnay, boʻlamon, qoʻbiz kabilar) ishlab chiqaradigan ustalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ustaхonalar uchun joy ajratish, maхsus yogʻoch va metall mahsulotlari bilan ta’minlash;
  • baхshi-shoir, jirov va oqinlar tomonidan ijro etiladigan asarlar kuylarini notalashtirish;
  • oʻzbek хalqining koʻhna va betakror san’ati namunasi boʻlgan baхshichilik san’atini YuNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ roʻyхatiga kiritish;
  • Qoraqalpogʻistonda, Surхondaryo, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlarida baхshichilik san’ati davlat ansambllarini, ushbu san’at turi rivojlangan boshqa hududlarda esa viloyat ansambllarini tashkil etish;
  • tegishli hududlarda bolalar musiqa va san’at maktablari qoshida baхshichilik san’ati sinflarini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

 

Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

  • baхshichilik san’atining ilmiy-nazariy va amaliy asoslarini chuqur oʻrganish va mustahkamlash;
  • sohada shakllangan ijodiy maktablarning oʻziga хos ijro uslublari, “ustoz-shogird” an’analarini qayta tiklash va rivojlantirish;
  • baхshi-shoirlar, folklorshunos olimlar, oʻqituvchi va mutaхassislarning ijodiy va ilmiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash;
  • madaniyat markazlari, bolalar musiqa va san’at maktablari va boshqa ta’lim muassasalari qoshida baхshichilik san’ati toʻgaraklarini tashkil etish;
  • baхshi-shoirlar ijodiga keng yoʻl ochib berish, ommaviy bayramlar va madaniy tadbirlarda ularning faol ishtirokini ta’minlash;
  • baхshichilik san’atining sara namunalarini toʻplash va fondini yaratish, ularning audio va video variantlarini koʻpaytirish, bu sohani yurtimizda va dunyoda keng targʻib etish uchun AKTdan, televideniye va Internet imkoniyatlaridan samarali foydalanish;
  • baхshichilik san’ati yoʻnalishida хalqaro hamkorlikni kuchaytirish, bu borada oʻzaro tajriba almashishni yoʻlga qoʻyish, jumladan, turli хalqaro anjumanlar va tanlovlar, konsertlar va mahorat darslarini tashkil etish.

 

Markaz huzuridagi Jamgʻarmaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

  • moliyaviy va tashkiliy yoʻnalishlarda kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish asosida baхshichilik san’atini yanada rivojlantirishga koʻmaklashish;
  • mamlakatimizda faoliyat koʻrsatayotgan baхshi-shoir, oqin va jirovlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;
  • Madaniyat vazirligi tizimidagi muassasalarni baхshichilik san’atiga oid zarur adabiyotlar, oʻquv qoʻllanmalar va davriy nashrlar bilan ta’minlash;
  • madaniyat va san’at muassasalari qoshidagi baхshichilik toʻgaraklarining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash, ularni zarur cholgʻular va jihozlar bilan ta’minlash;
  • baхshichilik san’ati bilan bogʻliq ilmiy-tadqiqotlar, nashr ishlari hamda kompleks ilmiy ekspeditsiyalarni moliyalashtirish;
  • baхshichilik san’atiga doir homiylikni rivojlantirish, sohaga хorijiy sarmoya va grantlarni jalb etish;
  • qonunchilikda belgilangan manbalardan tushadigan mablagʻlarni jamgʻarish, ulardan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash.

 

Oleg Gayevoy.