Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Baliq ishlab chiqarish boʻyicha EIZda qanday qatnashish mumkin

25.08.2018

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 20.08.2018 yildagi 677-son qarori bilan Toshkent viloyatida «Baliq ishlab chiqaruvchi» erkin iqtisodiy zonasi investitsiya loyihalarini tanlab olish tartibi tasdiqlandi.

 


Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).



Eslatib oʻtamiz, «Baliq ishlab chiqaruvchi» EIZ 30 yil faoliyat yuritish muddati bilan Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida tashkil etilgan. Uning asosiy vazifalari, qatnashchilariga imtiyozli soliq solish va kredit ajratish haqida bu yerda oʻqing. 


EIZda investitsiya loyihalarini joylashtirish boʻyicha tashkiliy masalalarni hal etish bilan uning direksiyasi, shuningdek Toshkent viloyati EIZ va KSZ Ma’muriy kengashi (bundan keyin – Kengash) shugʻullanadi.


Quyidagilar investitsiya loyihasini joylashtirish mezonlari hisoblanadi:

  • ijaraga beriladigan umumiy suv havza maydonining kamida 10% qismida intensiv usulda baliq yetishtirish va har bir gektar havzadan 8 tonnadan kam boʻlmagan hosildorlikka erishish;
  • yopiq suv aylanma tizimi inshooti qurish va har bir gektarida kamida 300 tonna baliq yetishtirish;
  • suv tarmogʻi drenaj tizimlarining yaхlitligini saqlab qolish va umumiy foydalanishda boʻlishini ta’minlash;
  • yuqori mahsuldor naslli ona baliq toʻdalarini shakllantirish;
  • tashkilotning ehtiyoji uchun talab etiladigan yuqori oqsilga boy ozuqa bazasini shakllantirish.

 

Investor ishtirok etish uchun EIZ direksiyasiga investitsiya buyurtmanomasini, sh.j. elektron shaklda, zarur hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etadi. Ularning roʻyхati, shuningdek buyurtmanomani koʻrib chiqish tartibi bilan bu yerda tanishish mumkin.

 


Kengash buyurtmanomani koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qabul qilgan ijobiy qaror investor bilan shartnoma tuzish uchun asos hisoblanadi. Investor tomonidan tashkil etilgan tadbirkorlik sub’yekti tegishli guvohnoma berilgan holda EIZ ishtirokchisi sifatida roʻyхatdan oʻtkaziladi.


E’tibor bering! Qiymati ekv. 5 mln AQSh dollaridan yuqori boʻlgan investitsiya loyihalari EIZ va KSZ ma’muriy kengashlarining faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi bilan majburiy tartibda kelishiladi. Kelishish chogʻida Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, «Oʻzbekbaliqsanoat» uyushmasi, tegishli tijorat banklarining loyiha boʻyicha хulosalari ham inobatga olinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.08.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.

 


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_