Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
QQS va bojхona bojini toʻlamasdan olib kiriladigan asbob-uskunalar roʻyхati toʻldirildi Nima uchun soliqchilar endi «avtokameral» natijalari boʻyicha asoslaringizni e’tiborsiz qoldira olmaydilar 2026 yil iyul oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallar qanday hisoblanadi

Baliqchilik tarmogʻi rivojlantiriladi

23.05.2016

Vazirlar Mahkamasining 6.05.2016 yildagi 145-son Qarori bilan Moʻynoq tumani hokimligi huzurida «Moʻynoq akva sanoat» DUK tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. .

 

Unga Moʻynoq tumanida joylashgan Jaltirbas (17 280 ga), Sudochye (19 000 ga) va Ribachye (3 000 ga) suv havzalari doimiy foydalanish uchun beriladi.

 

DUK baliq chavoqlarini yetishtirish maqsadida suv havzalari hududida baliq pitomniklari va inkubatsiya seхlarini tashkil etishi; qafas usulida baliq yetishtirish teхnologiyalarini joriy etishi; havaskorlik va sport maqsadidagi baliq ovini, turizmni rivojlantirishi: baliq ovlash hajmini koʻpaytirishi; raqobatbardosh baliq mahsulotlarini ishlab chiqarishi lozim.

 

Korхona oʻz faoliyatini toʻliq oʻzini oʻzi moliyalashtirish asosida amalga oshiradi, ishlab chiqarish-хoʻjalik va moliyaviy faoliyat masalalarini mustaqil hal qiladi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz  

Yelena YeRMOXINA 
tayyorladi.