Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga kvotalar belgilandi

10.07.2015

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 29 iyundagi 172-son qarori bilan:

 

Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga 2015/2016 oʻquv yili uchun qabul kvotalari;

 

 

“Investitsiyalarni boshqarish (real sektor uchun)” mutaхassisligi boʻyicha qabul kvotalarining iqtisodiyot real sektori ayrim tarmoqlari va korхonalari kesimida taqsimlanishi tasdiqlandi.

 

 

Oldingi oʻquv yiliga nisbatan “Investitsiyalarni boshqarish (bank sektori uchun)” mutaхassisligi boʻyicha kontrakt boʻyicha 4 ta qoʻshimcha joy ajratildi,  “Investitsiyalarni boshqarish (real sektor uchun)” mutaхassisligi boʻyicha esa kontrakt boʻyicha 4 ta joy kamaytirilgan.

 

Endi qabul komissiyasiga Akademiyaga kirish jarayonida  magistratura mutaхassisliklari boʻyicha abituriyentlar toʻplagan ballarning reyting baholanishini hisobga olgan holda Akademiyaning qabul koʻrsatkichlariga belgilangan umumiy kvotalar doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berildi.

 

Qaror Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2015 yil 6 iyuldagi 26-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan kuchga kiradi.

 

 

Ushbu hujjatning toʻliq matni, ularga sharhlar hamda u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi” aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

“Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi” sharhini ekspert-yuristimiz

 

Sardor DJUMAShOV tayyorladi.