Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
«Yashil belgi» ekologik markirovkasi sertifikatini qanday olish mumkin Xorijiy yetkazib beruvchidan "mukofotlar" olganda QQS boʻyicha qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Chet ellik хodimga ish haqini qanday toʻlash kerak – Buxgalter Pro Ijtimoiy soliqni kim va qanday daromadlar boʻyicha toʻlaydi – Buxgalter Pro Ijtimoiy soliqni kim va qanday daromadlar boʻyicha toʻlaydi – Buxgalter Pro

Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga qancha talaba qabul qilinadi

22.06.2017


Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 iyundagi 381-son Qarori bilan quyidagilar tasdiqlandi: 

 

  • Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasi boʻyicha 2017/2018 oʻquv yiliga qabul kvotalari;

  • «Investitsiyalarni boshqarish (real sektor uchun)» mutaхassisligi boʻyicha qabul kvotalarining iqtisodiyot real sektorining ayrim tarmoqlari va korхonalari boʻyicha taqsimlanishi.

 

Oʻtgan oʻquv yili bilan solishtirganda « Davlat moliyasini boshqarish» yoʻnalishi boʻyicha davlat granti asosida 2 ta qoʻshimcha joy ajratildi, buning hisobiga «Investitsiyalarni boshqarish (real sektor uchun)» yoʻnalishi davlat granti asosida 2 ta joyga kamaydi. Boshqa yoʻnalishlar boʻyicha kvota koʻrsatkichlari saqlanib qoldi.

 

Ilgarigidek, Akademiyaning qabul komissiyasiga Akademiya magistraturasiga kirish jarayonida abituriyentlar toʻplagan ballarining reyting baholanishini hisobga olgan holda qabul koʻrsatkichlariga umumiy kvotalar doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berildi.

 

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 16 sentyabrdagi 255-son qarori bilan tasdiqlangan) binoan Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga:

 

  • iqtisod sohasida bakalavr darajasiga ega boʻlgan;
  • yoshi 35 dan oshmagan;
  • nomzodni yuborayotgan vazirliklar va boshqa tashkilotlarda kamida 2 yillik mehnat stajiga ega boʻlgan nomzodlar qabul qilinadi.

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2017 yil 19 iyunda kuchga kirdi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.