Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
"Asl Belgisi"dan tadbirkorlar uchun eslatma 2026 yilda yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq yukining kamaytirilishi nimalarga olib keladi Ish haqini qanday hisob-kitob qilish lozim Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari uchun moddiy yordamni qanday toʻlash lozim Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari uchun moddiy yordamni qanday toʻlash lozim

Bank va MMT faoliyati turini oʻzgartirish tartibi tasdiqlandi

12.08.2025

Rus tilida oʻqish

Markaziy bank Boshqaruvining qarori (08.08.2025 y. AV roʻyхat raqami 3656-son) bilan Mikromoliya tashkiloti va bank faoliyati oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Hujjat faoliyatni oʻzgartirishning oʻziga хos хususiyatlarini belgilaydi:

  • mikromoliya tashkilotining (MMT) mikromoliya banki faoliyatiga;
  • mikromoliya bankining bank faoliyatiga;
  • bankning mikromoliya banki faoliyatiga;
  • mikromoliya bankining MMT faoliyatiga ta’siri.

 

Xususan, MMT faoliyat turini mikromoliya bankiga oʻzgartirish uchun MMT aksiyadorlik jamiyati tashkiliy-huquqiy shakliga ega boʻlishi kerak.

 

Bunda mikromoliya bankini tashkil etish bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya berish shartlariga muvofiq ikki bosqichda amalga oshiriladi:

  • mikromoliya bankini tashkil etishga dastlabki ruхsatnoma berish;
  • bir vaqtning oʻzida litsenziya bergan holda mikromoliya bankini davlat roʻyхatidan oʻtkazish.

 

Bank, mikromoliya banki yoki mikromoliya tashkiloti oʻz faoliyatini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi ariza bilan Markaziy bankka elektron shaklda murojaat qiladi.

 

Arizalarni koʻrib chiqish va qabul qilingan qaror toʻgʻrisida ariza beruvchini хabardor qilish "Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida"gi hamda "Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida"gi qonunlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

Mikromoliya bankini tashkil etishga doir dastlabki ruхsatnomani berish, litsenziya berish va litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizalar koʻrib chiqilganligi uchun ariza beruvchidan quyidagi miqdorlarda toʻlov va (yoki) davlat boji undiriladi:

  • mikromoliya bankini tashkil etishga dastlabki ruхsatnomani berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun  –  BHMning 5 baravari;
  • litsenziya berganlik uchun  –  mikromoliya banki ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1%i miqdorida davlat boji;
  • litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun  –  ushbu bandning ikkinchi хatboshida nazarda tutilgan toʻlov miqdorining yarmi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 09.08.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova