Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Banklar qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalar yuzasidan mijozlarga hisobot beradi

30.09.2015

Markaziy bank Boshqaruvi va Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining qoʻshma qarori (Adliya vazirligi tomonidan 22.09.2015 yilda 1782-2-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Banklarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishiga oid talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi.


 

Hujjatga bank tomonidan qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishda quyidagilarga majburligini koʻzda tutuvchi norma kiritildi:

 

 

- bank har bir mijozning qimmatli qogʻozlari va pul mablagʻlari hisobini yuritishi;

 

 

- qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar va operatsiyalarni mijoz bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga  oshirishi;

 

 

- tuzilgan bitimlar va amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisida unga hisobot berishi shart.

 

 

 

Hujjatdan qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshirilayotgan shartnomalarni tuzishda bir tomon boʻlib qatnashayotgan bank mazkur shartnomani roʻyхatga olishni taqiqlovchi norma chiqarib tashlandi.

 

 

 

Yelena YeRMOXINA, 

bizning  ekspert-yuristimiz.