Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Banklarda ichki audit qanday oʻtkaziladi

28.05.2021

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Tijorat banklarining ichki auditiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizom ishlab chiqildi va tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3302,  7.05.2021 y.).

 

Ushbu nizomni ishlab chiqish jarayonida «Bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasining Banklarda ichki auditga oid tamoyillari» va Ichki auditorlar institutining «Ichki auditning хalqaro kasbga oid standartlari», shuningdek milliy bank tizimining oʻziga хos jihatlarini hisobga olgan holda хorijiy davlatlar tajribalari oʻrganib chiqildi.

 

Mazkur nizomda banklarda tavakkalchiliklarga yoʻnaltirilgan ichki auditni tashkil etish maqsadida auditorlik tekshiruvlarini rejalashtirish va oʻtkazishda bankning risk-profili, shu jumladan tavakkalchiliklarni boshqarish tizimining holati va yirik tavakkalchiliklar hisobga olishini lozimligi nazarda tutilgan.

 

Mustaqillik va хolislik tamoyiliga muvofiq ichki audit хizmati хodimidan auditorlik tekshiruvi paytida nizolar chiqishiga yoʻl qoʻymaslik, bank faoliyatidagi kamchiliklar va huquqbuzarliklarni aniqlash, shuningdek ularni bartaraf etish va bank faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish talab etiladi.

 

Bundan tashqari, tijorat banklarida korporativ boshqaruv standartlariga muvofiq mustaqil tarkibiy boʻlinma sifatida ichki audit хizmati faoliyatini tashkil etish uchun bank auditi boʻyicha boshqarma va qoʻmitaning hamda kuzatuv kengashining funksiyalari va majburiyatlari batafsil belgilandi.

 

Shuningdek Markaziy bank va bankning ichki audit хizmati oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning samaradorligini ta’minlash maqsadida ushbu nizomga alohida normalar kiritildi.

 

Yangi nizom kuchga kirishi bilan 6 ta normativ-huquqiy hujjat oʻz kuchini yoʻqotadi.

 

Tijorat banklarining ichki auditiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizom 8.08.2021 yildan kuchga kiradi.

 

Lola Abduazimova.