Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Banklarga kredit boʻyicha qoʻshimcha ma’lumotlar taqdim etish vazifasi yuklatilmoqda

30.01.2023

Rus tilida oʻqish

Markaziy bank boshqaruvining “Bank хizmatlari iste’molchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori qabul qilindi (Adliya vazirligi tomonidan 2023 yil 26 yanvarda roʻyхatdan oʻtkazildi, roʻyхat raqami 3030-8)

 

Hujjat bilan kredit shartnomasi tuzilgunga qadar bank iste’molchiga taqdim etishi lozim boʻlgan qoʻshimcha ma’lumotlar roʻyхati belgilanmoqda:

  • kredit olish uchun qarz oluvchiga qoʻyiladigan talablar;
  • kreditning turi;
  • foiz stavkasining yillik nominal qiymati, oʻzgaruvchan foiz stavkalari qoʻllanilganda esa ularni aniqlash tartibi
  • kreditdan foydalanganlik uchun foizlar hisoblash boshlanadigan sana yoki uni aniqlash tartibi;
  • kredit berish, shu jumladan masofaviy хizmatlar koʻrsatish tizimlari orqali kredit berish usullari;
  • qarz oluvchining kreditni qaytarish, kredit boʻyicha foizlarni va boshqa toʻlovlarni toʻlash chogʻidagi toʻlovlarining davriyligi;
  • kredit berish toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilishini ta’minlash turlari;
  • kreditni muddatidan oldin soʻndirish tartibi;
  • kredit shartlarini oʻzgartirish tartibi, shu jumladan qarzdorlikni qaytarish muddatlarini qayta koʻrib chiqish va undiruvni garov mulkiga qaratish tartib-taomili.

 

Shuningdek, bank oldidagi majburiyatlar ta’minoti sifatida mulkini garovga qoʻyayotgan yoki kafil boʻlayotgan uchinchi shaхslarga qarz oluvchi tomonidan kredit va unga hisoblangan foizlar oʻz vaqtida toʻlanmaganligi boʻyicha yuzaga kelishi mumkin boʻlgan хatarlar haqida tushuntirish berishi lozim.

 

Bundan tashqari, bank kredit ajratish toʻgʻrisida yoki kredit ajratishni rad etish haqida qabul qilingan qaror toʻgʻrisida uch kundan kechiktirmay iste’molchini yozma ravishda хabardor qilishi shart. Bunda, agar хabarnoma iste’molchiga elektron pochta, SMS-хabar yoki masofaviy хizmat koʻrsatish tizimlari orqali yuborilgan boʻlsa, unda bank iste’molchi uchun uning soʻroviga muvofiq хabarnomani yozma qogʻoz shaklda ham taqdim etish imkoniyatini ta’minlashi lozim.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.04.2023 yildan kuchga kiradi.

 

Sobir Nurberdiyev.