Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Banklarning likvidliligi stress testlar orqali tekshiriladi

18.08.2015

2015 yil 6 maydagi PQ–2344-son «Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Prezident qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 13 avgustda 2709-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan yangi Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi. Ilgari amalda boʻlgan Tijorat bankining likvidliligini boshqarishga boʻlgan talablar toʻgʻrisidagi Nizom (roʻyхat raqami 559, 1998 yil 2 dekabr), shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimcha oʻz kuchini yoʻqotgan deb topildi.


Umuman olganda, quyidagi farqlardan tashqari yangi Nizom eskisining me’yorlarini saqlab qolgan.

 

Yangi Nizomda «yuqori likvidli aktivlar» tushunchasi va ular javob berishi lozim boʻlgan talablar keltirilgan.

 

Aniqlashtirilishicha, har bir bankda likvidlilikni boshqarish siyosati (alohida hujjat sifatida) ishlab chiqiladi va bank Kengashi (ilgari – bank Boshqaruvi) tomonidan har yili 1 fevralgacha tasdiqlanadi. Bank Kengashi tomonidan har chorakda kamida bir marta likvidlilikni boshqarilishi muhokama qilinishi va natijasi yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinishi lozim.

 

Shuningdek har bir bankda Likvidlilikni boshqarish qoʻmitasi (ilgari – Resurslarni boshqarish qoʻmitasi) tuzilishi lozim. Avvalgidek, bank Boshqaruvi raisi qoʻmita faoliyatiga rahbarlik qiladi va uning a’zolarini bankning asosiy tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan tayinlaydi.

 

Ilgarigidek, bankda likvidlilikni boshqarish uchun mas’ul boʻlgan tarkibiy boʻlinma tashkil etilishi lozim. Endilikda ushbu tarkibiy boʻlinma davriy ravishda likvidlilik holati yuzasidan hisobotlarni tuzadi va faqat bank Boshqaruviga (ilgari – bank Boshqaruvi va Kengashiga) taqdim etib boradi.

 

Avvalgidek, joriy likvidlilik koeffitsiyenti (joriy aktivlar summasi/joriy majburiyatlar summasi) 30 foizdan kam boʻlmasligi lozim.

 

Yangi Nizomda nazarda tutilishicha, banklar oʻzlarining likvidlilik holatlarini har chorakda kamida bir marta stress testlaridan oʻtkazishlari lozim. Uning natijalari boʻyicha banklar tavakkalchilikni boshqarish strategiyasini toʻgʻrilab borishlari va kutilmagan stress holatlarida qoʻshimcha mablagʻlar bilan ta’minlash rejalarini ishlab chiqishlari zarur. Banklar stress testlari natijalari va koʻzda tutilmagan moliyalashga doir tuzilgan rejalar boʻyicha qabul qilingan qarorlar haqida Markaziy bankka ma’lumotlar taqdim etishlari lozim.

 

Belgilanishicha, likvidlilikni qoplash me’yori koeffitsiyenti (yuqori likvidli aktivlar/keyingi 30 kun ichidagi jami sof chiqim summasi) quyidagi miqdordan kam boʻlmasligi lozim:

 

2016 yil 1 yanvardan boshlab – 80 foizdan;

 

2017 yil 1 yanvardan boshlab – 90 foizdan;

 

2018 yil 1 yanvardan boshlab – 100 foizdan.

 

Ilgari 2015 yil 1 yanvardan boshlab ushbu koeffitsiyent 100 foizdan kam boʻlmasligi lozimligi nazarda tutilgan edi.

 

Avvalgidek, banklar 2018 yil 1 yanvardan boshlab sof barqaror moliyalashtirish me’yori koeffitsiyentini (barqaror moliyalashtirishning mavjud summasi/barqaror moliyalashtirishning zarur summasi) 100 foizdan kam boʻlmagan miqdorda ta’minlashlari shart. Faqat endilikda barqaror moliyalashtirishning zarur summasiga, boshqalar bilan bir qatorda, balansdan tashqari moddalardagi majburiyatlarning 15 foizi kiradi.

 

Yangi Nizomda sof barqaror moliyalashtirish me’yori koeffitsiyentini hisoblash namunasi keltirilgan.

 

Hujjatda boshqa farqlar ham mavjud.

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan.

 

Qaror Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2015 yil 17 avgustdagi 32-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.