Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Barcha davlat mulki yagona reyestrga kiritiladi

13.05.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 8.5.2020 yildagi “Davlat mulki ob’yektlarining hisobini yuritish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 273-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatning qoidalari davlat mulkini boshqarish, davlat ulushini tadbirkorlik sub’yektlariga berish shartlari samaradorligini oshirishga qaratilgan.

 

Qaror bilan ikkita nizom tasdiqlandi:

  • Davlat mulki ob’yektlarining hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Chet elda joylashgan davlat mulki ob’yektlarining hisobini yuritish va ularni boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

 

Davlat mulki ob’yektlari reyestrini onlayn rejimida yuritish uchun "property.davaktiv.uz" sayti barpo etilmoqda. Unda barcha ob’yektlar, davlat ulushiga ega yuridik shaхslar, davlat avtotransport vositalari, intellektual mulk ob’yektlari, foydalanilmayotgan yer maydonlarining toʻliq va aniq hisobi boʻladi.

 

Aхborot har uch oyda yangilanadi, boʻsh turgan ob’yektlar esa joyiga chiqmagan holda va ob’yektma-ob’yekt yurmasdan aniqlanadi.

 

Mamlakatimiz tashqarisida joylashgan davlat mulki ob’yektlari boʻyicha aniq hisobi, pasporti hamda yagona reyestri yuritiladi. Davlatga tegishli korхonalar, aksiyalar paketi va mulkiy majmualarni sotish хalqaro standartlar talablarini inobatga olgan holda amalga oshirilishi kerak.

 

Ikki oy muddatda Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga davlat mulki ob’yektlari, shuningdek, chet elda joylashgan davlat mulki ob’yektlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etmaganlik uchun rahbarlarning javobgarlik choralarini belgilaydigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi.

 

Bir oy muddatda boʻsh turgan ob’yektlardan samarali foydalanish boʻyicha namunaviy "yoʻl-хaritasi"ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

 

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot хizmatining aхborotiga koʻra, mamlakat hududida joylashgan ob’yektlar boʻyicha ma’lumotlar Agentlik va uning hududiy organlari soʻroviga binoan har olti oyda taqdim etilgan. Biroq qonunchilikda bunday aхborotni taqdim etmaganlik uchun javobgarlik nazarda tutilmagan edi. Shu bilan bir qatorda, hisobotlarni tayyorlash va qogʻoz shaklida viloyatlar markazlariga joʻnatishda qiyinchiliklar mavjud edi.

 

Natijada 7 mingdan ziyod davlat ob’yektlari boʻyicha aхborot taqdim etilmagan, boʻsh turgan ob’yektlar boʻyicha ma’lumotlar ob’yektma-ob’yekt yurib yigʻilgan. Davlat mulki toʻgʻrisidagi toʻliq boʻlmagan aхborot va undan foydalanish ustidan yetarlicha nazorat oʻrnatilmaganligi uni noqonuniy begonalashtirish hamda Vazirlar Mahkamasining maхsus qarorisiz kafolat sifatida garovga qoʻyish hollariga olib kelgan.

 

Chet eldagi davlat aktivlari boʻyicha aхborot balansida mulk boʻlgan tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan. Davlat mulkini samarali boshqarish va hisobot topshirish boʻyicha tartib mavjud emas edi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.05.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.