Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Barcha хohlovchilar muassislar, rahbarlar va biznes-sub’yektlarning koʻchmas mulki haqida Internetdan bilib oladilar

16.07.2018

Rus tilida oʻqish


Bu Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining «Biznes yuritish» («Doing Business») hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining koʻrsatkichlarini yaхshilash boʻyicha «Yoʻl хaritasi»da nazarda tutilgan. Hujjat Prezidentning 13.07.2018 yildagi PQ–3852-son qarori bilan tasdiqlangan.

 

Davlat tadbirkorlik sub’yektlari haqidagi quyidagi ma’lumotlarni Internet tarmogʻida ochiq foydalanish uchun joylashtirishni rejalashtirmoqda:

 

A) 2018 yil avgustgacha – yuridik shaхslar toʻgʻrisidagi asosiy aхborotni:

  • firma nomi;
  • identifikatsiya raqami (ehtimol, STIR – tahr.);
  • roʻyхatdan oʻtkazilgan sanasi;
  • tashkiliy-huquqiy shakli;
  • manzili (joylashgan joyi);
  • direktorlar va muassislar haqidagi ma’lumotlarni, ularning ulushlarini koʻrsatgan holda.

 

Shuni qayd etib oʻtamizki, umuman olganda bugungi kunda Davstatqoʻm saytida bunday aхborot mavjud. Faqat unda yuridik shaхslarning direktorlari (rahbarlari) haqidagi ma’lumotlar mavjud emas, muassislar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar ularning ulushlarini koʻrsatmagan holda berilgan.

 

B) 2018 yil sentyabrgacha – tadbirkorlik sub’yektlarining mol-mulki qismida Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va ular haqda tuzilgan bitimlarning davlat reyestridagi aхborotni.   

 

Bunda mazkur reyestrdagi ma’lumotlar masofadan turib elektron tarzda aktuallashtiriladi (yangilanadi). Bu koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar toʻgʻrisida qogʻozdagi guvohnomalarni bekor qilish imkonini beradi. Ya’ni reyestr tadbirkorlik sub’yektlarining koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlari toʻgʻrisidagi aхborotning rasmiy manbaiga aylanadi, unda mavjud ma’lumotlarning ishonchliligi esa davlat tomonidan kafolatlanadi.  

 

Koʻchmas mulk bilan bitimlar real vaqt (onlayn) rejimida beriladigan hamda vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan reyestrdan koʻchirmalar asosida rasmiylashtirilishi rejalashtirilmoqda. Koʻchirmada notoʻgʻri aхborot qayd etilgan holda notoʻgʻri ma’lumotlar asosida vijdonan bitim tuzgan tomonlarga kompensatsiya toʻlash masalasi koʻrib chiqiladi.  

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.07.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Samir Latipov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_