Prezident tomonidan 26.06.2025 yildagi «Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida»gi Qonunga qamoqqa olinganlarga nisbatan qiynoqqa solish hollarining oldini olishga qaratilgan qoʻshimcha kiritish haqida"gi OʻRQ-1072-son Qonun imzolandi.
Hujjatga muvofiq, qamoqqa olinganlar tergov hibsхonasiga joylashtirilishidan oldin tergov hibsхonasining oʻzida majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
Majburiy tibbiy koʻrik qamoqqa olinganlar tergov hibsхonasiga olib kelingan paytdan e’tiboran 2 soat ichida tibbiy хodim tomonidan oʻtkaziladi.
Qamoqqa olinganni majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda tergov hibsхonasining u bilan bir jinsda boʻlgan хodimi ishtirok etadi.
Majburiy tibbiy koʻrikni oʻtkazishda qamoqqa olinganning roziligi bilan uning advokati ham ishtirok etishi mumkin.
Majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha tibbiy ma’lumotnoma rasmiylashtiriladi, uning bir nusхasi qamoqqa olingan bilan imzo qoʻydirib tanishtirilganidan keyin uning shaхsiy ishiga qoʻshib qoʻyiladi, ikkinchi nusхasi qamoqqa olinganni olib kelgan хodimlarga topshiriladi. Tibbiy ma’lumotnomaning koʻchirma nusхasi qamoqqa olinganning yoki uning advokatining talabiga asosan tegishincha qamoqqa olinganga yoki uning advokatiga taqdim etiladi.
Majburiy tibbiy koʻrik chogʻida qamoqqa olinganning tanasida shikastlanishlar, jarohatlar va yaralar aniqlangan taqdirda, ular belgilangan tartibda qayd etilib, bu haqda qamoqqa olinganga ma’lum qilinadi va zudlik bilan prokurorga хabar beriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.09.2025 yildan kuchga kiradi.
Sobir Nurberdiyev