Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Bazaviy fazoviy ma’lumotlardan foydalana olish ta’minlanadi

26.07.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 23.07.2021 yildagi «Fazoviy ma’lumotlar toʻgʻrisida»gi OʻRQ-702-son Qonun imzolandi. Ushbu Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 26.12.2020 yilda qabul qilingan, Senat tomonidan 29.05.2021 yilda ma’qullangan.

 

Qonunda fazoviy ma’lumotlar, ularga ishlov berish, fazoviy ma’lumotlarning metama’lumotlari, fazoviy ob’yektlar kabi tushunchalarning mazmun-mohiyati qayd etildi.

 

Fazoviy ma’lumotlar fazoviy ob’yektlar (tabiiy va sun’iy) toʻgʻrisidagi ma’lumotlar boʻlib, ularning joylashgan yerini belgilangan fazoviy-vaqt koordinatalari tizimida aniqlash mumkin.

 

Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasining geoportali – geoaхborot resurslari toʻgʻrisidagi metama’lumotlarni saqlab turadigan va ulardan foydalanishni Internet tarmogʻi orqali ta’minlaydigan fazoviy ma’lumotlarning internet vositalari va servislarining majmuasi.

 

Fazoviy ma’lumotlar sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilar hisoblanadi:

  • fazoviy ma’lumotlar sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, shuningdek fazoviy ma’lumotlarga ishlov berishni amalga oshiradigan shaхslarning fazoviy ma’lumotlar sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirish;
  • bazaviy fazoviy ma’lumotlarning, ular metama’lumotlarining barcha manfaatdor sub’yektlar uchun ochiqligini va ulardan foydalana olishni ta’minlash;
  • хalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

 

Qonunda Vazirlar Mahkamasining, DSQ huzuridagi Kadastr agentligining, Mudofaa vazirligining hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasini yaratish, yuritish va rivojlantirish sohasidagi vakolatlari belgilandi.

 

Bundan tashqari, Qonun bilan fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasini, geoportallar tarmogʻini yuritish, shuningdek ularni rivojlantirishga doir faoliyatni muvofiqlashtirish tartibi belgilangan.

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab uch oy oʻtgach – 23.10.2021 yildan kuchga kiradi.

 

Lola Abduazimova.