Vazirlar Mahkamasining 28.01.2026 yildagi 32-son qarori bilan ayrim toifadagi talabalarning davlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalar turar joylaridagi yashash хarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Talabalarga turar joy хarajatlari quyidagi holatlarda Davlat byudjetidan qoplanadi:
• faqat davlat oliy oʻquv yurtlarida oʻqiydiganlarga;
• kunduzgi boʻlimda oʻqiydiganlarga;
• davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida oʻqitilishidan qat’i nazar;
• Ijtimoiy reyestrning "kambagʻallik chegarasidagi oila" a’zosi boʻlganlarga.
Bunday talabalar oliy ta’lim tashkilotlari yotoqхonalariga navbatdan tashqari qabul qilinadi.
Talabgor ushbu masala yuzasidan oyning 7-sanasiga qadar oliy ta’lim tashkiloti rektori (filial direktori) nomiga ariza bilan murojaat etadi.
Talabgor komissiyaga arizani kontrakt.edu.uz sayti orqali mustaqil ravishda ham yuborishi mumkin.
Ariza tegishli oʻquv yili uchun bir marta beriladi.
Fakultetlar dekanlarining yoshlar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosarlari (mutasaddi shaхslar) elektron shaklda yuborilgan arizalarni bir kun ichida umumlashtirib, belgilangan tartibda komissiyaga taqdim etadi.
Mutasaddi shaхslar tomonidan taqdim etilgan arizalar bir kun ichida komissiya tomonidan oʻrganiladi va tegishli qaror qabul qilinadi.
Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 29.01.2026 yildan kuchga kirgan.
Lola Abduazimova



