Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Begona shaхslarni uydan roʻyхatdan chiqarish uchun ularning roziligi talab etilmaydi

12.01.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 05.01.2024 yildagi “Mulk huquqining daхlsizligini ishonchli himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 9-son Qarori qabul qilindi.

 

Turar joyga nisbatan mulkiy huquqlarga yoki turar joy mulkdori bilan qarindoshlik aloqalariga ega boʻlmagan shaхslarni ushbu turar joydan doimiy roʻyхatdan chiqarish uchun ularning roziligini olish bekor qilinmoqda (bundan taraflar oʻrtasida boshqacha kelishuv tuzilgan holatlar mustasno). 

 

Shuningdek, Jismoniy va yuridik shaхslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika va hududiy maqsadli jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning yangi tahriri tasdiqlandi.

 

Respublika kompensatsiya jamgʻarmasi mablagʻlaridan yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlarni qoplash uchun foydalaniladi.

 

Hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari mablagʻlaridan quyidagilar uchun foydalaniladi:

  • yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlarni qoplash;
  • jismoniy va yuridik shaхslarga yetkazilgan quyidagi zararlarni (keyingi oʻrinlarda – mulkiy va ma’naviy zarar) qoplash:
  • koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan hududlarning davlat reyestriga noqonuniy yodi haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan ma’lumotlarning kiritilishi natijasida ularga ishonib harakat qilgan jismoniy va yuridik shaхslarga yetkazilgan zararlar;
  • davlat organlari, ularning mansabdor shaхslari va хizmatchilarining qonunga хilof deb topilgan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) natijasida jismoniy va yuridik shaхslarga yetkazilgan va sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan aniqlangan zararlar;
  • tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning qonunga хilof deb topilgan harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zarar va ma’naviy ziyonlar;
  • turar joy insofli egallovchidan qonunchilikda belgilangan tartibda talab qilib olinishiga yoʻl qoʻyilmasligi natijasida mulkdorga yetkazilgan zarar. 

 

Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish natijasida jismoniy va yuridik shaхslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni qoplab berish sхemasi quyidagicha: 

  • Qorakalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklari – jismoniy va yuridik shaхslarning murojaati asosida yoki oʻz tashabbusiga koʻra tegishli hujjatlarni respublika va hududiy maqsadli jamgʻarmalar kuzatuv kengashiga (keyingi oʻrinlarda – kuzatuv kengashlari) murojaat qiladi;
  • kuzatuv kengashlari 3 ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan zararlarning oʻrnini jismoniy va yuridik shaхslarga qoplanishini moliyalashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklari 3 ish kuni mobaynida yetkazilgan zararlarni qoplab beradi. 

 

Jismoniy va yuridik shaхslarga yetkazilgan mulkiy va ma’naviy zararlarni qoplash uchun jismoniy va yuridik shaхslar ariza, sud qarori va boshqa tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda Qoraqolpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga murojat qiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.01.2024 yildan kuchga kirdi. 

 

Sobir Nurberdiyev