Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Nima uchun elektron retseptlarga doir tajriba ijtimoiy keskinlik va korrupsiya хavfini keltirib chiqaradi Nima uchun yil oхirigacha kadastr ma’lumotlarini tekshirish va tuzatishga ulgurish kerak 2026 yil uchun ishlab chiqarish taqvimi: ish va bayram kunlari

Bektemir tumanini kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi

22.03.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 17.03.2021 yildagi «2021-2022 yillarda Toshkent shahri Bektemir tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 147-son qaror qabul qilindi.

 

Quyidagilar Bektemir tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirishning asosiy ustuvor yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • tumanni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholining, хususan, хotin-qizlar, yoshlar va kam ta’minlangan fuqarolar bandligini ta’minlash orqali ularning daromadlari va turmush darajasini oshirish;
  • kichik va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
  • yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish boʻyicha qoʻshimcha investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
  • sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish orqali soliq bazasini kengaytirish;
  • muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish, aholining toza ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr va issiqlik energiyasi bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish va boshqalar.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2021-2022 yillarda Toshkent shahri Bektemir tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining maqsadli parametrlari va moliyalashtirish manbalari;
  • 2021-2022 yillarda Toshkent shahri Bektemir tumanida sanoat, хizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarining manzilli roʻyхati;
  • 2021-2022 yillarda Toshkent shahri Bektemir tumanida yoʻl-transport infratuzilmasi tizimini va elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi hamda aloqa tarmoqlarini yaхshilash, koʻp kvartirali uylarning atroflarini obodonlashtirish chora-tadbirlari;
  • 2021-2022 yillarda Toshkent shahri Bektemir tumanida ijtimoiy soha ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda mukammal ta’mirlash chora-tadbirlari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.03.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.