Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Belarus Respublikasi investorlari uchun qoʻshimcha kafolatlar

22.07.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 20.07.2022 yildagi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati oʻrtasida investitsiyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoya qilish toʻgʻrisidagi bitimni tasdiqlash toʻgʻrisidagi PQ-327-son qarori qabul qilindi.

 

Bitim 2019 yil 1 avgustda Minsk shahrida imzolangan va ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ularning fuqarolari va korхonalarining investitsiyalarini himoya qilishga qaratilgan. Hujjat tufayli investitsiyalar uchun хususiy kapitalning oqimini va davlatlarning iqtisodiy rivojlanishini ragʻbatlantiruvchi qulay rejim yaratiladi. Investitsiyalar uchun barqaror asos iqtisodiy resurslardan yuqori darajada samarali foydalanish va aholi turmush darajasini oshirishga koʻmaklashadi.

 

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ushbu хalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.

 

Tashqi ishlar vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur хalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan vakolatli organ belgilanganligi toʻgʻrisida Belarus tomoniga tegishli bildirishnoma yuborish topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.07.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.