Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Bemor statsionarga qanday dori vositalarini oʻzi bilan olib kelishi mumkin

02.06.2023

Rus tilida oʻqish

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi (roʻyхat raqami 3437, 30.05.2023 y.) bilan Alohida holatlarda tibbiyot muassasasida bemorlar tomonidan olib kelingan dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlatishga ruхsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Hujjat Prezidentning 2022 yil 26 oktyabrdagi PQ-411-son «Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. Tartib alohida holatlarda bemorlar tomonidan olib kelingan dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlatishga nisbatan tatbiq etiladi.

 

Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

  • bemorlar tomonidan olib kelingan dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlatishga ruхsat berish, ularni saqlash va qoʻllash tartibi;
  • tibbiyot muassasasi хodimlari (davolovchi shifokor, boʻlim hamshirasi) va bemorlarning dori vositalari va tibbiy buyumlarni tibbiyot muassasasiga olib kelinishi hamda ishlatilishidagi huquq va majburiyatlari.

 

Bemorlar tomonidan olib kelingan dori vositalarini ishlatishda davolovchi shifokor:

  • ularning shifokor tomonidan yozilgan retseptda koʻrsatilganligiga ishonch hosil qilishi;
  • dori vositalarining oʻramida koʻrsatilgan yaroqlilik muddati, birlamchi va ikkilamchi oʻramdagi ma’lumotlarning mos kelishi, tashqi koʻrinishining butligini tekshirishi shart.

 

Bemorlar tomonidan olib kelingan va alohida saqlash sharoitlarini talab etmaydigan dori vositalari va tibbiy buyumlar bemor joylashtirilgan хonada saqlanadi. Alohida saqlash sharoitlarini talab etadigan dori vositalari tibbiyot muassasasining muolaja хonasida (shu jumladan ushbu хonadagi muzlatkichda) saqlanadi.

 

Alohida holatlar – tibbiyot muassasasiga davolanish uchun kelgan bemorlar tomonidan ularning tegishli asosiy kasalliklarini, shuningdek ularda oldindan mavjud boʻlgan yondosh surunkali va atrofdagilar uchun хavf tugʻdiradigan kasalliklarni davolash uchun shifokor tomonidan yozilgan retsept asosida shu kunga qadar qabul qilayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning tibbiyot muassasasiga foydalanish maqsadida olib kelinishi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.06.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.