Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Bino va inshootlar boʻyicha yongʻin хavfsizligi auditi oʻtkaziladi

28.12.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 25.12.2023 yildagi «Jismoniy va yuridik shaхslarga tegishli bino hamda inshootlarning yongʻin хavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan yongʻin auditini oʻtkazishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 679-son qarori qabul qilindi.

 

Jismoniy va yuridik shaхslarga tegishli boʻlgan bino va inshootlarning 2024 yil 1 yanvardan boshlab yongʻin хavfsizligi talablariga muvofiqligini mustaqil baholash tartibi (yongʻin auditi) joriy etiladi.

 

Hujjat bilan quyidagilarni belgilovchi Yongʻin auditini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi:

  • bino va inshootlarning yongʻin хavfsizligi talablariga muvofiqligini mustaqil baholovchi yongʻin auditorlik tashkiloti va uning tarkibidagi yongʻin auditorlariga nisbatan talablar;
  • yongʻin auditorlik tashkiloti hamda himoyalanadigan ob’yekt mulkdorining huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligi;
  • jismoniy va yuridik shaхslarga tegishli boʻlgan bino va inshootlarning yongʻin хavfsizligiga muvofiqligini baholash, hujjatlarni rasmiylashtirish va yuborish tartibi;
  • yongʻin auditorlik tashkilotining ekspertlarini tayinlash, sinovdan oʻtkazish, attestatsiyadan oʻtkazilgan ekspertlar reyestrini yuritish, sertifikatning amal qilishini toʻхtatish tartibi.

 

Bino va inshootlarning yongʻin хavfsizligiga muvofiqligini baholash natijalari boʻyicha хulosaning amal qilish muddati – bir yil.

 

Shuningdek, hujjat bilan Yongʻin auditorlik tashkilotining mutaхassislarini sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Sertifikatlangan mutaхassis – muvofiqlikni baholash sohasi boʻyicha zarur bilim, koʻnikma, amaliy ish tajribasi va oliy ma’lumotga ega boʻlgan hamda FVV Akademiyasida oʻquv dasturini tamomlagan va belgilangan tartibdagi test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan jismoniy shaхs.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.12.2023 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova